Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor strukturasi – bu shu bozorning tarkibida amal qiluvchi 
bo‘g‘inlarni, bozor haroratini belgilovchi birliklarni bildiradi.
Milliy bozor davlat himoyasida bo‘ladi. Ma’lumki, ochiq iqtisodiyot 
sharoitida chet el tovarlari, kapitali turli yo‘llar bilan kirib keladi, bu 
xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab etadi. Bu huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar xodimlariga muayyan vazifalarni yuklaydi. 
Bozor intervensiyasi deganda milliy yoki mintaqaviy bozorga 
tashqaridan suqilib kirish va u bozorni o‘ziga tobe etish tushuniladi. 
Xorijiy tovarlar muayyan mamlakat yoki mintaqa bozorini himoya 
qiladigan to‘siqlarni bartaraf etib, bozorga kirib oladi va shu yerdagi 
tovarlar bilan raqobat qiladi, xaridorlarni o‘ziga og‘dirib oladi. 
Bozor intervensiyasi har xil vositalar bilan amalga oshiriladi: 
– demping eksport (ichki bozordan ham past baholarda eksport)ni 
ishlatish; 
– yuqori boj to‘lovlariga ham rozi bo‘lish; 
– bozor chaqqon yerlarda korxonalar qurib, tovar chiqarish
import qiluvchi mamlakat yoki mintaqaga moddiy yordam ko‘rsa-
tish, siyosiy tazyiq o‘tkazish va boshqalar. 


 141
Bozor muhofazasi deganda milliy bozorning yoki ayrim tovarlar 
bozorining davlatning eksport-importni tartibga soluvchi tadbirlari 
vositasida himoya qilinishi tushuniladi. Bozor muhofazasi: 
– chetdan tovar keltirishni cheklash, taqiqlash; 
– boj to‘lovini oshirish orqali amalga oshiriladi. 
Bozor muhofazasini chetlab o‘tishning muhim yo‘li ilgari tovar 
chiqarilgan mamlakatga kapital chiqarib, muayyan tovarni o‘sha yerning 
o‘zida yaratish va sotish hisoblanadi. Masalan, Yaponiya avtomobil 
firmalari o‘z tovarini AQShga kiritish yo‘lidagi yuqori boj to‘lovlariga 
«chap berish» uchun AQShda o‘z zavodlarini qurib, chiqarilgan 
avtomobilni shu yerning o‘zida sotadi. 
Bozor muhofazasi mamlakatlararo «savdo janglari»da istehkom 
vazifasini o‘taydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling