Jahon bozori – bu dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq
munosabati. Bu bozorda taraqqiyot darajasi, binobarin tovar ishlab
chiqarish salohiyati har xil mamlakatlar qatnashadi. Ulardan biri tayyor
mahsulotlar yetkazib bersa, boshqasi xom ashyo va yoqilg‘i kabi
resurslarni bozorga chiqaradi. Jahon bozori o‘zining uchta belgisi bilan
ajralib turadi. Birinchidan, bu bozorda barcha tovarlar emas, balki
saylangan, ya’ni ko‘pchilik uchun zarur tovarlar (masalan, neft, gaz,
ko‘mir, yog‘och, metall, paxta, don, jun va boshqalar) oldi-sotdisi yuz
beradi. Ikkinchidan, bu bozorda iste’molchilarning o‘zi, ya’ni aholi
xaridor sifatida qatnashmaydi. Bu vazifani savdo firmalari bajaradi.
Uchinchidan, bu bozorda tovarlar ulgurjiga sotiladi. Jahon bozori xalqaro
birjalar va savdo-sotiq tashkilotlari faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Jahon bozorining hajmi turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish
ko‘lamiga va uning naqadar ixtisoslashuviga, ya’ni bozorga tovar
yetkazib berishiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda jahon ishlab chiqarishining
o‘sishi bilan jahon bozorining ko‘lami ham kengayib boradi.
3. Bozor infratuzilmasi
Bozordagi iqtisodiy aloqalarda ko‘pchilikdan iborat subyektlar
qatnashadi. Bu aloqalar g‘oyat xilma-xil bo‘lib, murakkab kechadi, bular
bevosita aloqalar va bilvosita aloqalardir. Bevosita bozor munosabati
paydo bo‘lganda, sotuvchi va xaridor bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa
o‘rnatadi, bu yerda hech kim ular o‘rtasida vositachilik qilmaydi.
Bilvosita bozor munosabati yuz berganda, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi
aloqalar vositachilar orqali o‘rnatiladi. Ular oldi-sotdi sohasida bozor
ishtirokchilariga o‘z xizmatini ko‘rsatadilar, bu infratuzilma xizmati
bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasi bozor aloqalarini o‘rnatishda ishtirok
etuvchi, ya’ni sotuvchilar va xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |