Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Resurslar bozori.
savdoda maydalab iste’molchilarga sotadilar. Bozorda ishlab chiqaruvchi
bilan iste’molchining bevosita aloqa o‘rnatishi ham bo‘ladi. Bunda ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini chakana narxda iste’molchining o‘ziga sotadi. Masalan, Toshkentdagi «Yulduz» tikuvchilik firmasi o‘zining do‘konida tovarlarini aholiga sotadi, bozorga kelgan dehqon ham o‘z mahsulotini iste’molchiga chakanasiga sotadi. B. Resurslar bozori. Bu yerda xilma-xil moddiy resurslar va ish kuchining oldi-sotdisi yuz beradi. Bu bozorning ishtirokchilari resurslarni ishlab chiqaruvchilar va ularni sotib oluvchi firmalar, davlat idoralari va xonadonlardan iborat. Bu bozorda moddiy shaklga ega asbob-uskuna, turli mashinalar, xom ashyo, butlovchi qismlar, yoqilg‘i, elektr energiyasi, gaz, ko‘chmas mulkni tashkil etuvchi binolar, inshootlar va yer oldi-sotdisi yuz beradi. Mazkur bozorning maxsus turi bu mehnat bozori bo‘lib, bu yerda moddiy shakli bo‘lmagan tovar, ya’ni ish kuchi taklif etiladi. Resurslar bozorining xususiyati shundan iboratki, bu yerdan sotib olingan tovarlar shaxsiy iste’mol uchun emas, balki ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Resurslar iste’mol tovarlaridan farqliroq ikki xil usulda oldi-sotdi qilinadi: 1) resurslar to‘la-to‘kis sotib olinadi. Bunda ular sotuvchi mulkidan xaridor mulkiga o‘tib iste’mol qilinadi. O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida resurslar sotilib, ular ishlab chiqarishda iste’mol etildi; 2) resurslarning o‘zi emas, balki ulardan vaqtincha foydalanib turish huquqi sotiladi. Bunda resurs sotuvchi mulki bo‘lib qoladi, lekin u ijaraga olib ishlatiladi. Masalan, qimmatbaho uskuna, kema, samolyot, mashina, bino, inshoot yoki yer butunlay sotib olinmagan holda, u ijaraga olinib, egasiga ijara haqi beriladi. Moddiy resurslar bozori O‘zbekistonda Tovar-xom ashyo birjasi, savdo uylari va mashina-uskunalar sotuvchi firmalar timsolida gavdalanadi. Uning tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat bozorining xususiyati shundan iboratki, bu 134 yerda insonning mehnat qilish qobiliyati bo‘lgan ish kuchi sotiladi. Biroq u tamomila emas, ma’lum vaqtda ishlatib turish uchun sotiladi. O‘zbekistonda mehnat bozorining ikki turi amal qiladi: birinchisi, mehnat birjalari, bu tashkil etilgan mehnat bozori; ikkinchisi, mardikor bozori, bu tartibsiz mehnat bozoridir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling