Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
regulatorlari – bozordagi o‘zgarishni ishlab chiqarishga yetkazib, uning
bozorga moslashuvini ta’minlovchi vositalardir. Albatta, ular ma’muriy emas, balki iqtisodiydir. Ulardan eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko‘payadi, ular ko‘proq ishlab chiqariladi. Tovarlar narxi pasayib, ular yaxshi o‘tmasa, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. Bozor munosabatlarining har bir subyekti, bu korxonami, davlatmi, ayrim kishimi – buning ahamiyati yo‘q, o‘z manfaatini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatadi. Ammo, ko‘r-ko‘rona xohlagan ishini qila olmaydi. U bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda ishi yurishmaydi, daromad topmaydi, xonavayron bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchiga ham, iste’molchiga ham nima qilish kerakligini bozordagi narx ko‘rsatadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishga ega, lekin bu uning o‘z tabiatidan kelib chiqmaydi, balki uning aralash iqtisodiyot tarzida rivojlanishi natijasidir. Xilma-xil mulkchilik, mehnatkashlarning mulk egasiga aylanishi, ishlab chiqarishning to‘kinchilikni ta’minlay olishi kabi yangi hodisalar aralash iqtisodiyotga xoski, ular ijtimoiy kafolatlarni yuzaga chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo‘lib, yuqori farovonlik darajasiga chiqish adolat hisoblanadi. Ammo, adolat prinsipi hammani bir qilish emas, balki jamiyatning tabaqalashuvini bildiradi. Iqtisodiy subyektlar mehnatiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi, shu sababli ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir xil bo‘lmaydi. Tabaqalanish, boylarga havas qilib, shunday bo‘lishga intilishni hosil qiladi, bu esa yaxshi ishlashga undaydi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlarki, ular ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantiruvchi kuchni yuzaga chiqaradi. Bozor regulatorlari moddiy, mehnat va moliya resurslarini 129 kerakli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish tomon buradi. U behuda mehnat sarfini hech qachon tan olmaydi, aksincha, unga yo‘l qo‘yganlarni iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya’ni ular zarar ko‘radi. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o‘zgarishlariga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Uning muhim belgilaridan yana biri novatsiyaga moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini darhol qabul qiladi, yangi tovarlarni, yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini joriy etishni ta’minlaydi, chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko‘rish, obro‘-e’tibor orttirish sharti bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to‘kinchiligini yuzaga keltiradi, ko‘pchilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda, ehtiyojni qondirish imkonini beradi. Ammo bozor iqtisodiyotini hamma dardga davo deb, uni haddan tashqari olqishlash unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‘ziga xos muammolari, nobop, zaif tomonlari ham yo‘q emas, albatta. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo‘lganidan, unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. U o‘z-o‘zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz tabiatni muhofaza etish, ekologik muvozanatni ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan, lekin xarajatlar qaytimi sekin bo‘ladigan, katta mablag‘ talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishini rag‘batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm-ma’rifat kelajagi uchun muhim bo‘lgan nazariy izlanishlarni ham rag‘batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab siklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‘ladi. Prezident Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish tajribasi va hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barqarorlikka erishayotgani haqida to‘xtalib, dunyoviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosa va qoidalarni alohida ta’kidlagan: «bozor (talab va taklif) hamma narsani hal qiladi, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, bozor munosabatlariga sajda qilaverish mumkin emas. Hayot tajribasi shuni necha bor ko‘rsatdiki, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish uchun ustuvorliklar tanlashda davlatning rolidan foydalanish (bozor kuchlilar yengadi, degan Darvin 130 tamoyiliga amal qilishini e’tiborga olgan holda), aholining ko‘pchilik qismi manfaatlarini ifodalovchi davlatning rolini, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan milliy strategiyaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmaydi» ilmiy qoidasi bozor iqtisodiyotini ilohiylashtirish kerak emasligiga undaydi. Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi o‘z rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo‘lish mumkin: a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda davom etgan qonunlar; b) faqat bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar. Biz mazkur bo‘limda bozor iqtisodiyoti mohiyati va belgilarini umumiy tarzda ko‘rib chiqdik. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling