Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor iqtisodiyotining quyidagi s u b y e k t l a r i mavjud


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor iqtisodiyotining quyidagi s u b y e k t l a r i mavjud: 
iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste’molchi bo‘lgan ayrim 
kishilar yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, 
kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik 
qilmay, o‘z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi; 


 124
firma, korxona, xo‘jaliklar, ularda band bo‘lgan tadbirkorlar. 
Ular foyda olish yo‘lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish 
omillarini ishga soladilar; 
davlat, aniqrog‘i, davlatning barcha mahkama-idora tashki-
lotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug‘ullanadilar, 
bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar. 
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‘zaro aloqaga kirishadilar. Ish 
kuchi, yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga 
sotadi. Ular o‘z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib, tovar 
va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi – iqtisodiy plyuralizm 
hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli-
tuman bo‘lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir 
chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo‘lib, 
ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo‘l berilmaydi. Xo‘jalik yuritish 
usullari ham har xil bo‘ladi. Yakka tartibda, jamoa-uyushmaga birikkan 
holda, sherikchilik-paychilik yoxud aksionerlik asosida, o‘z mablag‘iga 
yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, yer va boshqa 
vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar birgalikda boradi. Bozor 
iqtisodiyotiga xos yangi huquqiy tizimning o‘zagini – O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etadi. Shu bois ham, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi 
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish 
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy 
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk 
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum 
etilishi mumkin», – deyilgan. 
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining 
asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk obyekti 
bo‘lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo‘lishidir. Ishlab 
chiqaruvchi yoki iste’molchi o‘z tovarini yoki pulini o‘zi bilganicha 
ishlatadi, bunga u haqli. Har bir korxona, tashkilot, kichik biznes bilan 
shug‘ullanuvchilar, fermerlar, ayrim fuqarolar o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘ziga 
ma’qul bo‘lgan ish bilan shug‘ullanadi. Xo‘jalik yurituvchilar faoliyati 
bir-biridan alohida bo‘ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, 
ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har xil ish bilan 


 125
shug‘ullanadilar. Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar 
ko‘pchilikdan iborat bo‘lib, tarqoq holda foyda-zararni o‘z zimmasiga 
olib ish yuritadilar. Ammo ularning faoliyati qanchalik tarqoq bo‘lmasin, 
baribir bozor orqali bir-biriga bog‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin 
bo‘lganidan, u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. 
Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman 
iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. 
Iqtisodiyotdagi monopolizm ishlab chiqarishning o‘zida, savdo-sotiqda, 
kredit-bank tizimida yoki iste’mol doirasida mavjud bo‘ladi. 
Iqtisodiyotdagi monopolizmning tayanchi muayyan mulk shaklining 
tanho hukmronligidir. Bunday mavqe esa siyosiy hokimiyat va g‘oyaviy 
sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiy taraqqiyotga yo‘l 
ochish uchun iqtisodiyotdagi monopolizmni tugatish zarur, chunki 
mopopoliya o‘z tabiatiga ko‘ra ishlab chiqarishda turg‘unlik paydo qiladi, 
hukmron mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay, foyda ko‘rishi 
mumkin, raqobatning yo‘qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o‘z 
izmini o‘tkazishi mumkin. Monopoliya turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, 
tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha 
olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nalishga 
ega. Shu bois, davlat raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni 
saqlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda davlat tomonidan iqtisodiy 
monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l tutishga mustaqil-
likning dastlabki yillaridan e’tibor qaratildi. Chunki busiz raqobatlashish 
vaziyati paydo bo‘lmaydi. Shuni nazarda tutib, O‘zbekistonda «Mo-
nopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu 
qonunga ko‘ra: 
bozorda sun’iy taqchillik hosil etish; 
narxlarni monopollashtirish; 
raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish; 
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. 
Biroq mazkur qonun moliyaviy xizmatlar bozorlaridagi raqobatni 
tartibga solish masalalarini o‘z ichiga olmagan. Bu esa o‘z navbatida, 
mazkur sohada raqobatga qarshi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 
poralarni amalga oshirishga imon bermoqda. 2012-yil 6-yanvarda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunida 
tovar va moliya bozorlarida raqobat sohadagi munosabatlarni tartibga 
soladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarni 
ko‘zlagan holda o‘rnatiladi. Ish yuzasidan bo‘lgan munosabatlar 


 126
(sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan 
manfaatli aloqa o‘rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini 
erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu 
sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z 
izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifatiga va narxiga qarab tanlab 
olish imkoniga ega bo‘ladi. 2008-yilning avgustida boshlangan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi talabning pasayishiga olib keldi. Dunyo 
mamlakatlarida talabni oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan inqirozga qarshi dasturlar mamlakatning 
iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda dasturilamal 
bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi – narxlarning liberallashuvi,
ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat 
yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi 
tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, 
xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor 
munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Narx pul bilan o‘lchanadi. 
Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo‘lishi mumkin emas. Pul iqtisodiy munosa-
batlarning asosiy vositasi, iqtisodiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Pul 
munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul 
oboroti, pul emissiyasi, qadr-qiymati, inflatsiya, valuta kursi kabi 
hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy 
o‘rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining xususiy, 
o‘zgalarnikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi, lekin bu manfaat 
yo‘lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni 
yuzaga chiqarishning birdan-bir yo‘li talabgir, ya’ni jamiyat uchun zarur 
tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam 
sarflagan holda ularni samarali ishlatish ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab 
chiqarishga undaydi. Shu jihatdan raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga 
soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi 
kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo‘lib, ulardan 
birontasi ham monopol mavqega ega bo‘lmaydi. Erkin raqobat 
cheklanmagan iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashni, hatto 
monopoliya hosil etgan holda o‘z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi, 
chunki raqobatni davlat tartiblab turadi. Tartiblanmagan raqobat iqtisodiy 
erkinlikka kafolat bera olmaydi, iqtisodiyotni monopollashtirishga 
intilishni jilovlab tura olmaydi, chunki u o‘zbilarmonlik bo‘ladi. 
Shakllangan bozor iqtisodiyotida antimonopol kuchlar yuzaga kelib, ular 


 127
xolis raqobatga yo‘l bergan holda monopollashtirish yo‘lini to‘sadi. Bozor 
iqtisodiyotining hamma subyektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi, 
lekin ulardan foydalana olish ishbilarmonlikka bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy 
sharoit shunday bo‘ladiki, har bir subyekt uchun raqobat qilish sharti bu 
ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘ladi. Subyektlar bozorga 
chiqqan ehtiyoj qondirilganda, zarar ko‘rmaslikni foyda olib ishlaganda, 
boshqalarga tobe bo‘lmaslikni bilgan holda raqobatga kirisha oladilar. 
Ijtimoiy foydali ish bilan shug‘ullanish raqobatga yengilmaslik sharti 
hisoblanadi. 
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidanmanfaatlar to‘qnashib 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling