Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

 QONUN-QOIDALARI 
1. Bozor iqtisodiyoti va uning tub belgilari 
Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer 
yuzidagi ko‘pgina mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos 
xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyatli belgilarini eng 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov «Prezidentdan to oddiy fuqaro-
gacha, yoshi va vazifasidan qat’i nazar – hammani bugungi zamon 
talablariga, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalariga o‘rgatish, malakasini 
oshirish kerak»ligini mustaqillikning dastlabki yillaridayoq birinchi 
galdagi vazifa sifatida belgilagan.
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosa-
batlari tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga 
xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid 
munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu 
sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo‘lishi, tovarning sifati va 
narxining muvofiqligi. ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy 
sarfga keltirilishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari 
proporsional tarzda o‘zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab 
chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, 
bozor talabi qondirilganda daromad topadilar. Yaratilgan tovarlarni 
ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi erkin 
oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni 


 122
bir vaqtda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o‘tashadi. Bozor aloqalari 
kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini 
bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul 
muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo‘ladi. Tovar-
pul munosabatlari umuminsoniy hodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni 
bir-biriga bog‘lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj 
topganda bozor iqtisodiyotiga aylanishi nazariyotchilar tomonidan tan 
olingan. 
Iqtisodiyotning nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur, degan 
azaliy muammosi bozorda aniqlanadi. Shu sababli bozor tizimi qonun-
qoidalarini o‘rganishni bozordan boshlaymiz va eng avval bozorning o‘zi 
nimaligini aniqlaymiz, so‘ngra uning turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Ishlab chiqarishda yaratilgan turli-tuman mahsulotlar va ko‘rsatiladigan 
xizmatlar iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bozor orqali yetib 
boradi. Bozor ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydi, chunki hech bir 
narsa tekinga berilmaydi, uni bozorda pulga sotib olish talab qilinadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling