Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy mulk
- Inson kapitaliga bo‘lgan mulkning iqtisodiy shakli
- O‘rta sinf
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
- BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING
Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi – mazkur huquqning tegishli
yuridik vakolatlarga (egalik, foydalanish, tasarruf etish, javobgarlik kabilarga) bo‘linishi. 120 Xususiy mulk – xususiy ne’matlarni o‘zlashtirish borasida xo‘jalik munosabatlari subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarning ijtimoiy shakli. Mulkning ekzogen (tashqi) tizimi – hozirgi zamon iqtisodiyotida mulkning barcha shakllari va turlarining o‘zaro bog‘liq va rivojlanib borayotgan birligi. Inson kapitaliga bo‘lgan mulkning iqtisodiy shakli – mulkning tabiiy tarzda shaxsiy tus oladigan shakli: inson kapitalining iqtisodiy mulkdori adolatli ravishda ushbu ne’matni amalda ichki ishlab chiqarish jarayonida yaratadigan shaxsdir. O‘rta sinf – jamiyatning o‘z tasarrufidagi mulk obyektlari asosida kengaytirilgan individual takror ishlab chiqarishni amalga oshiradigan qismi. Protoo‘rta sinf – jamiyatning o‘rta sinfiga yaqinlashadigan, uning tarkibiga kirishga urinadigan, ammo hozircha tashqaridan, avvalo davlat tomonidan bo‘ladigan yordamsiz individual kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshira olmaydigan ijtimoiy qatlami. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. Mustaqillik yillari mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qildi. 2. Amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning barcha bosqichlarida eng muhim dolzarb vazifa sifatida mulkiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirishga e’tibor qaratildi. Uning tub mohiyati – mulkni haqiqiy egalari qo‘liga berishni tezlashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar berish va mulkdorda yangi mulk egasi hissiyotini tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. 3. Konstitutsiyaviy tarzda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi, teng huquqli, daxlsiz, davlat himoyasidagi mulk tashkil etishi va bunda ustuvorlik xususiy mulkka berilishi qayd etildi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining butun dunyoda qabul qilingan tamoyillarga o‘tish, va strategik taraqqiyotimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida xususiy mulkning daxlsizligini mustahkamlashga yuksak e’tibor qaratildi. 4. Milliy qonunchiligimizda xususiy mulk va mulkdorlarning himoya qilish kafolatlarini belgilovchi bir qator huquqiy hujjatlar amal qilmoqdaki, ularga ko‘ra, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. 5. Xulosa o‘rnida qayd etish kerakki, mulkdorlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda huquqlarining ustuvorligi prinsiplari amal qiladi. 121 Unga muvofiq, qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga hal etiladi. 6. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez va jadal rivojlanishini ta’minlash, shu asosida bugungi kunda jamiyatning eng muhim va hal qiluvchi qatlami, ijtimoiy siyosiy barqarorlik hamda xavfsizlik kafolati, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan o‘rta sinf – ya’ni mulkdorlar sinfini shakllantirish deb qaralmoqda. O‘tkazilgan so‘rovlardan ma’lum bo‘lishicha, 2013-yil 1- yanvarigacha mamlakatimiz aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta sinfga mansub deb biladi, 2000-yilda bu ko‘rsatkich atigi 24 foizni tashkil etgan. 5-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling