Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar
ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir. 
Bozorga tovar egasi uni sotish uchun, xaridor esa uni olish uchun
chiqadi. Sotuvchilar – bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo‘jaliklari, 
yakka tarzda ishlab chiqaruvchi kishilardir. Xaridorlar esa jamiki 
iste’molchilar, ya’ni xonadonlar, resurslarni olib ishlatuvchi firmalar, davlat 
idoralari va yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar bo‘ladi. Agar aholi bozordan 
iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olsa, firmalar va yakka tartibda 
ishlovchilar asbob-uskuna, mashinalar, yoqilg‘i, elektr energiya, xom ashyo 
va ish kuchini sotib oladilar. Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, 
ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, 
shu pulga qaytadan boshqa tovar sotib olinadi. Tovar pulga ayirboshlanganda 
(T-P bo‘lganda) sotish operatsiyasi, pul tovarga ayirboshlanganda (P-T) xarid 
etish operatsiyasi yuz beradi. 
Demak, bozor munosabatlarida ham tovarlar, ham pul ishlatiladi (1-
rasm). Shuning uchun buni tovar-pul munosabati deb aytiladi. 
1-rasm. Tovar ayirboshlash.
Ɍɨvar 
Pul 
Ɍɨvar 


 123
Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot va xizmatlar bozorda tovar 
shakliga kiradi. Shuning uchun ham tovar deganda, bozorda sotish uchun 
chiqarilgan narsalar tushuniladi. 
Hammaning ishi bozorda bitadi, chunki u yerdan pulga barcha kerakli 
iste’mol buyumlari va resurslarni topsa bo‘ladi. «Hamma narsaning otasi ham 
bozor, onasi ham bozor» degan gapning ma’nosi mana shunda. Hamma 
ishning bozorda bitishi uning afzalligi bor degani. Xo‘sh, bu afzallik nimada? 
Bu bozor aloqalarining iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lishida, albatta. Gap 
shundaki, hamma narsani o‘zi ishlab chiqargandan ko‘ra, bir xil mahsulotni 
chiqarib, boshqasini sotib olish nafli bo‘ladi. Tovar yaratuvchining mehnati 
ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar faqat u yoki bu tovarni 
ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, natijada kasblarning turi ko‘payib 
boradi. Masalan, XXI asrga kelib yer yuzida 20 mingdan ziyod kasblar paydo 
bo‘ldiki, ular bilan mashg‘ul kishilar 60 trillion dollardan ziyod (2010-y.) 
mahsulot va xizmatlarni yaratdilar, bular g‘oyat xilma-xil tovarlar bo‘lib, 
ularni ishlab chiqaruvchilar bozor orqali bir-biriga yetkazib beradilar. 
Hozirgi dunyoda, ayniqsa, G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida 
gap ketganda, faqat bozor iqtisodiyoti anglanadi. Hozirgi zamon 
nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning 
erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali 
bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti g‘oyat 
ko‘p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun 
unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar 
shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodi 
sharoitida vujudga keladi, hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq 
ko‘rinadi. 
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, 
iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‘ljalga, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib (tartiblanib) 
turuvchi iqtisodiyotdir. O‘ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy 
yo‘nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik 
iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo‘lgan sotsialistik iqtisodiyotdan farq 
qiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling