Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Intellektual tovarlar bozori


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Intellektual tovarlar bozori bozorning maxsus turi bo‘lib, aqliy 
mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishini 
bildiradi. Bu yerda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan 


 135
ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-
xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo‘ladilar. Bu 
tovarlar egalari yoki ulardan vakolat olgan firmalar bozorda sotuvchi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar esa turli firmalar, uyushmalar, davlat 
idoralari, har xil tashkilotlar va fuqarolar bo‘ladi. Mazkur bozor kichik 
qismlardan iboratki, ular ilmiy-texnik ishlanmalar bozori, kino bozori, 
tasviriy san’at bozori, musiqa va tomoshalar bozori, antikvar buyumlar 
bozori kabilardan tashkil topadi. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-
texnikaviy ishlanmalar oldi-sotdisi katta o‘rin tutadi. U amalda patent
litsenziya va nou-xau (patent – yangilikni ishlatish huquqini beruvchi 
hujjat; litsenziya – ruxsatnoma, nou-xau – ishlatish huquqi egasida 
bo‘lgan yangilik) sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy-texnikaviy 
yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‘z egasi mulki 
bo‘laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. 
Bu bozor ishlab chiqarish novatsiyasiga, ya’ni unga yangilik 
kiritishga xizmat qiladi, fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Ilmiy-texnik 
ishlanmalar bozoridagi munosabatlar ko‘pincha mamlakatlararo bo‘ladi. 
Intellektual tovarlar bozori eng dinamik bozordir, u tez kengayadi, yangi-
yangi qismlarga ajraladi. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat 
mavqeining kuchayishidir. Gap shundaki, hozirgi bozor iqtisodiyoti 
ilmtalab ishlab chiqarishning o‘sishi, turli xizmatlar, eng avval axborot 
xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet 
xizmati bozorining shiddat bilan yer yuzida o‘sib borishi tasdiqlaydi. 
Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini 
bildiradi. Bu yerda insonning mehnat qilish qobiliyati, shartnoma asosida 
ma’lum muddatga sotiladi. Ish kuchi avvalo iste’mol qilinib, so‘ngra 
uning haqi to‘lanadi. 
Bozorning o‘zi yaxlit bo‘lganidek, uning turlari ham bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Iste’mol tovarlar bozoriga mos holda 
resurslar bozori tashkil topadi. O‘z navbatida, resurslar bozoridagi holatga 
qarab mehnat bozori, ilmiy-texnikaviy yangiliklar bozori shakllanadi. 
Bozor turlarining bir-biriga moslashuvi iqtisodiy o‘sishning sharti 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyot uchun bozor ko‘lami g‘oyat muhim, chunki bozor 
qanchalik keng bo‘lsa, shunchalik ishlab chiqarishning o‘sishiga sharoit 
muhayyo bo‘ladi, ya’ni tovarlar o‘z vaqtida sotiladi, kerakli resurslar sotib 
olinib, ishlab chiqarish davom etadi. Bozor ko‘lami – bu bozorning katta-
kichikligi bo‘lib, oldi-sotdining hajmi bilan o‘lchanadi. Ko‘lam 


 136
tovarlarning miqdori, ularning narxi va necha marta oldi-sotdi qilinishiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mamlakatda, 1 mln. dona tovar yaratilgan 
bo‘lib, uning o‘rtacha narxi 100 birlikka teng deb olsak, jami tovarlar 
narxining summasi 100 mln. birlikni bozorda sotadilar. Bozor miqyosi 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling