Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Bozorning funksiyalari va tarkibiy tuzilishi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin bozorda
2. Bozorning funksiyalari va tarkibiy tuzilishi
Bozor shuning uchun ham zarurki, u bir qator foydali funksiyalarni bajaradi. 1. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lash funksiyasini bajaradi. Tovar harakati uni ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Shu harakatning qanday yuz berishi bozorga bog‘liq. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarishdan pirovard maqsad iste’mol uchun tovar yaratishdir. Bozor tizimida ehtiyojlar tovarlarni pulga ayirboshlash orqali qondiriladi, chunki tovar ishlab chiqarish bor joyda mahsulotlar va xizmatlar bozordan o‘tmay turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga kelib tushmaydi. Tovarlarni albatta bozordan sotib olish zarur. 2. Bozor ishlab chiqarishning qaytadan yangilanib turishiga, ya’ni uzluksiz yuz berishiga sharoit hozirlaydi. Bozorda tovarlar sotilgach, ularning egasi qilgan xarajatlarining pulini chiqarib olish bilan birgalikda foyda ham ko‘radi. Tovarni sotishdan tushgan pulga bozorning o‘zidan resurslar olinib, ularning o‘rni qoplanadi, ular miqdoran ko‘payadi, ya’ni ishlab chiqarish omillari yangidan hosil bo‘ladi. Natijada iqtisodiy faoliyat takrorlanadi. 3. Bozor iqtisodiy regulator, ya’ni iqtisodiyotni tartiblovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunga bozor narxlari orqali erishiladi. Narx pasaygan joydan resurslar chiqib ketadi, ular narx oshgan yerga oqib o‘tadi. Bozor talabning o‘zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi haqidagi signalni (axborotni) ishlab chiqarishga yetkazadi. Shunga binoan resurslar taqsimlanib, kerakli sohalarga yuboriladi va talabgir tovarlarni ishlab chiqarishga erishiladi. Mana shu jarayonlar bozor iqtisodiyotini tartiblashda 131 qatnashib turishiga dalolat beradi. Shuningdek, pulni resurslar bilan ta’minlab pul muomalasini barqarorlashtirish vazifasini o‘taydi. 4. Bozor turli mamlakatlar, millatlar va elatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yetakchi sohasi hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlari bilan bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo‘li» nomi bilan shuhrat qozongan. Xalqaro savdo-sotiq orqali turli mamlakatlar o‘rtasida muntazam aloqalar o‘rnatiladi, davlatlar iqtisodiy jihatidan bir- biriga bog‘lanadi. Bozor ishlab chiqarishning davlatlararo miqyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-ehtiyojni mo‘ljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Xullas, bozor xalqaro aloqalarni o‘rnatish va ularni kengaytirish vositasi ham bo‘ladi. Bozorning ichki tuzilishiga har xil mezonlar jihatidan baho beriladi. Bu mezonlar raqobat, bozor subyektlarining ahvoli, bozor obyektining xarakteri, bozor muomalasining miqyosi, bozor aloqalarining qonuniyligi kabilardir. Ularning orasida raqobat va subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei asosiy o‘rinda turadi. Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko‘ra bozorni ikki turga ajratish mumkin: a) erkin, mukammal raqobatli bozor; b) nomu- kammal raqobatli, monopollashgan yoki raqobat mutlaqo bo‘lmagan bozor. Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ulardan hech biri bozorda hukmron mavqega ega bo‘lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo‘lishadi. Bozor ishtirokchilarining aloqasi erkin oldi-sotdi munosabatiga asoslanadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling