140
Tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga
xizmat qiluvchi infratuzilmasi (birjalar, savdo uylari, auksionlar,
tijoratchilik idoralari, reklama
firmalari va agentliklari, davlatning savdo-
sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari).
Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilmasi (tijorat
banklari, o‘z-o‘zini
kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya
kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari).
Aholiga xizmat qiluvchi yoki ijtimoiy infratuzilmasi (uy-joy
kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog‘liqni
saqlash
muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari.
Ularning aksariyati bozor iqtisodiyotidan oldin ham mavjud bo‘ladi, lekin
ularni isloh etib, bozor sharoitida pulli xizmat ko‘rsatish, tijorat yo‘liga
o‘tkazishga to‘g‘ri keldi).
Axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil
axborotlar – ma’lumotlar va xabarlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish
bilan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalar,
firmalar, maslahat idoralari).
Zamonaviy bozor infratuzilmasi yaratish bozor munosabatlariga
haqiqiy madaniy-ma’rifiy xarakter baxsh etish, stixiyaga va boshbosh-
doqlikka yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: