Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari quyidagilardan


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari quyidagilardan 
iborat: 
iqtisodiy faoliyatning erkinligi;
mulk shakllarining xilma-xilligi;
iqtisodiyotning antimonopolistik xarakteri;
raqobat;
sog‘lom pul muomalasi;
yuridik va jismoniy shaxslarning teng imkoniyati;
narx-navoni erkinlashtirish;
iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirishga erishish;
ijtimoiy yo‘nalishlarning kuchayishi;
boshqaruvga asoslanganligi.
Bozor iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlovchi kuchlar: 
iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu tadbirkorlar uchun keng imkoniyat 
yaratadi; 
qonuniy daromadlarning cheklanmasligi – bu qo‘shimcha daromad 
topishga undaydi; 
sog‘lom raqobat kurashi – bu kim o‘zdi qoidasini yuzaga keltiradi, 
yangilikni joriy etishga undaydi, texnika-texnologiyani, mehnat 
unumdorligini va sifatini oshiradi. Qattiq mehnat va ijro etish intizomini 
yaratadi.


 148
Shunday qilib, O‘zbekiston o‘zining istiqlol va taraqqiyot yo‘lini 
tanlab oldi, o‘zining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini 
ishlab chiqdi. Ammo, bu yo‘l g‘oyat mashaqqatli va uzoq yo‘ldir. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida «O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, – 
deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, – bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, 
bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati 
yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom 
etadigan yo‘lidir. Bu – jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilish chinakam siyosiy 
va iqtisodiy istiqlolga erishish yo‘lidir. 
Bu yo‘ldan faqat haqiqiy vatanparvargina, o‘z mamlakati va 
xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag‘ishlagan, o‘z 
manfaatlarini respublikaning qudratli va farovon bo‘lishiga erishish 
maqsadlariga bo‘ysundira oladigan, bunga o‘zining kuch-g‘ayrati, 
tashabbusi, bilimi va mehnatini bag‘ishlay oladigan kishilargina yura 
oladi»
1
.
«O‘zbekiston yo‘li» va unga binoan respublikamizda o‘tkazilayotgan 
islohotlarni akademik M. Sharifxo‘jayev «Istiqlol istiqbollari» risolasida 
ta’kidlaganidek, «Islom Abdug‘aniyevich islohotlari», deb atalsa xato 
bo‘lmaydi. Chunki islohotlarning ilmiy-nazariy asoslari va yo‘nalishlari 
Prezidentning mamlakat taraqqiyotiga bag‘ishlangan risolalari, nutq va 
chiqishlarida bayon etilgan. Islohotning o‘zi ham bevosita Islom Karimov 
rahbarligida amalga oshirilmoqda
2
.
L. Levitin va D. Karlaylning «Islom Karimov – yangi O‘zbekiston 
Prezidenti» asarida «O‘zbekiston yo‘li» xususida quyidagilar bayon 
qilingan: «Aminmanki, «O‘zbekiston yo‘li» – bu Islom Karimovning 
kashfiyoti, ko‘p jihatdan, agar ta’bir joiz bo‘lsa, uning «NOU-XAU»sidir. 
Bu uning iqtisodiy tafakkurining natijasi, yaqqol fikrlash qobiliyati, 
siyosiy yo‘lboshchilik iste’dodi hamda oddiy odamga nima kerakligini 
bilishi va tabiiyki, dunyo tajribasini juda yaxshi bilishi oqibatidir» 
3
.
Islom Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqur-
lashtirish yo‘lida» (1995) kitobida esa ma’lum darajada yaxlit davrda – 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichi ya’ni istiqlolning to‘rt 
yili mobaynida mamlakatimiz taraqqiyotining barcha jabhalarida amalga 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ
ɣʆɥɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1993. – Ȼ. 127.
2
ɒɚɪɢɮɯʆɠɚɟɜ Ɇ. ɒ. ɂɫɬɢԕɥɨɥ ɢɫɬɢԕɛɨɥɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1994. 
– Ȼ. 20.
3
Ʌɟɜɢɬɢɧ Ʌ., Ʉɚɪɥɚɣɥ Ⱦ. ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜ – ɹɧɝɢ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢ.
– Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1996. – Ȼ. 44.


 149
oshirilgan tarixiy ishlarning amaliy yakunlari va uning saboqlari
istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor va dolzarb vazifalar chuqur va 
atroflicha tahlil etilgan. 
Shuningdek, bu haqda Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi 
sobiq spikeri Li Man-sop O‘zbekiston Prezidentining asarlari, shuning-
dek, uning nazariyasi va rahbarligida O‘zbekistonda tadrijiy va 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar bilan 
anchadan buyon yaxshi tanish ekanligi, so‘nggi o‘n yil va asosan avj 
olayotgan jahon moliyaviy inqirozi nafaqat asosiy ijtimoiy-siyosiy 
islohotlarni amalga oshirish, balki jahon inqirozi oqibatida yuzaga kelgan 
murakkab vaziyatdan chiqish borasida ham O‘zbekiston tomonidan 
tanlangan yo‘lning to‘g‘ri ekanligini aniq ko‘rsatgani haqida yozadi. U
sanoatni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan yangilashda bank va 
moliya tizimini takomillashtirishning davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi O‘zbekistonga tashqi salbiy ta’sirdan kelayotgan zararni 
kamaytirishi va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini 
ta’minlash imkoniyatini berganini ta’kidlagan. Yuqorida ko‘rib chiqilgan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta 
manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor 
munosabatlari shakllanishining sotsial-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro 
sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari 
ham mavjud bo‘ladi. 
Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki 
taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Fransiyada chop 
etiladigan «Liberasyon» gazetasi muxbirining «Turkiya modeli» xususida 
bergan savoliga Prezident Islom Karimov quyidagicha javob berdi: 
«Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari 
bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil O‘zbekiston Turkiya 
yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas. Odamzod birovning 
bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi»
1
.
O‘z mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan taraqqiyoti 
va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar 
taraqqiyot modeliga ko‘r-ko‘rona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi 
ayrim mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, o‘zining zaif 
tomonlarini ko‘rsatdi.
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling