Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘z yo‘li deganda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘z yo‘li deganda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va 
mustaqillikni ta’minlash muammolarining birgalikda hal etilishi 
tushuniladi. Mazkur yo‘lning o‘ziga xosligi shundaki, ilgari birorta 
mamlakat ijtimoiy (davlat) mulkka asoslangan sotsialistik tuzum o‘rnida 
bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan ko‘p ukladli tuzum 
qurmagan, ya’ni bu borada sinalgan yo‘l yo‘q edi. 
Bu yo‘lning o‘ziga mosligiga kelsak, Sharq mamlakatlari, ayniqsa, 
O‘zbekistonda yashash, ishlash, tadbirlar o‘tkazish – hamma-hammasi 
qadimdan sherikchilikka, jamoa bo‘lib ish tutishga asoslangan. 
Bu yo‘l O‘zbekistonni kelajakda iqtisodiyoti rivojlangan, de-
mokratiya rivoj topgan, sotsial barqarorlik hukm surgan davlatga 
aylantirishni mo‘ljallaydi, O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat degan ilmiy 
xulosaga asoslanadi. Mustaqillikning ilk yilidayoq Prezident Islom 
Karimov Vatan taraqqiyotini ta’minlovchi yo‘lning ahamiyatini 
quyidagicha ta’kidlab: «Respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishida 
o‘z yo‘lidan izchillik bilan borishi demokratik o‘zgarishlar, respublikani 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish, uning xalqaro obro‘-
e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi»
1
, – deb 
ta’kidlagan edi. Bu borada O‘zbekiston oldiga quyidagi vazifalarni 
belgiladi: 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ
ɣʆɥɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1993. – Ȼ. 8.


 147
¾ barcha mulk shakllarining tengligini ta’minlash;
¾ iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; 
¾ ishbilarmonlikni rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochib 
berish; 
¾ erkin narx-navoga o‘tish;
¾ iqtisodiy monopolizmga yo‘l bermagan holda raqobatga keng 
yo‘l ochish;
¾ ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatga mos bo‘lgan 
strukturasini yaratish; 
¾ qudratli iqtisodiy salohiyatga tayangan holda mamlakat milliy 
boyligini oshirib, xalqning hamma qatlamlariga farovonlik, kelajakka 
ishonch berish; 
¾ xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etish, mamlakat 
iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan integrasiyalashuviga erishish. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti – bu 
mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul 
munosabatlariga asoslangan aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, bozor 
signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling