Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor muhofazasi
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
- O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINI
Bozor intervensiyasi – milliy yoki mintaqaviy (regional) bozorga
tashqaridan suqilib kirish va u bozorni o‘ziga tobe etish tushuniladi. Xorijiy tovarlar muayyan mamlakat yoki region bozorini himoya qiladigan to‘siqlarni bartaraf etib, bozorga kirib oladi va shu yerdagi tovarlar bilan raqobat qiladi, xaridorlarni o‘ziga og‘dirib oladi. Bozor intervensiyasi har xil vositalar bilan amalga oshiriladi: – demping eksport (ichki bozorda ham past baholarda eksport)ni ishlatish; – yuqori boj to‘lovlariga ham rozi bo‘lish; – bozor chaqqon yerlarda korxonalar qurib, tovar chiqarish; – import qiluvchi mamlakat yoki mintaqaga moddiy yordam ko‘rsatish, siyosiy tazyiq o‘tkazish va boshqalar. Bozor muhofazasi deganda milliy bozor yoki ayrim tovarlar bozori davlatning eksport-importni tartibga soluvchi tadbirlari vositasida himoya qilinishi tushuniladi. Bozor muhofazasi: – chetdan tovar keltirishni cheklash, taqiqlash; – boj to‘lovini oshirish orqali amalga oshiriladi. Bozor muhofazasini chetlab o‘tishning muhim yo‘li ilgari tovar chiqarilgan mamlakatga kapital chiqarib, muayyan tovarni o‘sha yerning o‘zida yaratish va sotish hisoblanadi. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. Bozor xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorda hamma teng. Chunki unda xaridor va sotuvchi mustaqil harakat qiladi. Bozorda manfaatsiz shaxslar bo‘lmaydi. Sotuvchi qimmat sotishi payida, xaridor arzonroq xarid qilish harakatida bo‘ladi. 2. Bozor infratuzilmasi bozor aloqalarini o‘rnatishda ishtirok etuvchi, ya’ni sotuvchilar va xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalardir. Bozor tovar va xizmatlarni oldi-sotdi qilish borasidagi munosabatlar bo‘lib, ular vositasida sotuvchilar va xaridorlar bir-biri bilan aloqaga kirishadilar. Bu aloqalarni o‘rnatishda bozor infratuzilmasi – institutlari vositachi sifatida ishtirok etadi, ular bozor funksiyalarini amalga oshiruvchi xizmatlarni ko‘rsatadi. 3. Bozor tovarlarni iste’molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarishning yangilanishini resurslar bilan ta’minlash, iqtisodiyotni tartibga keltirish va mamlakatlararo hamkorlikni o‘rnatishdan iborat funksiyalarni bajaradi. 145 4. Bozor ishtirokchilarining mavqei jihatidan erkin va monopollashgan bozorga, oldi-sotdi obyekti jihatidan iste’mol tovarlari, resurslar, moliya va intellektual tovarlar bozorlariga ajraladi. Ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. 5. Iqtisodiyot uchun bozorning ko‘lami g‘oyat muhim, chunki ishlab chiqarishning o‘sishi shunga bog‘liq bo‘ladi. Bozor ko‘lamini u yerdagi tovarlar miqdori va ularning narxi belgilaydi. Ko‘lam savdo oboroti (aylanmasi)ga qarab baholanadi. Ko‘lam jihatidan qaralganda mahalliy, hududiy, milliy, davlatlararo va jahon bozorlari mavjud. 6- MAVZU. O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINI Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling