Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

V. Moliya bozori. Bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Bu 
bozorning maxsus shakli bo‘lib, bu yerda moliya resurslari, ya’ni pul va 
daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi yuz beradi. Uning 
tarkibidagi pul bozori uch qatlamli bo‘ladi. Birinchisi, shaxsiy ehtiyojni 
qondiruvchi oddiy pul bozori. Bu yerda pul tirikchilik buyumlarini xarid 
etish uchun haqini to‘lash sharti bilan qarzga olinadi, ya’ni ishlatib turish 
uchun pul sotib olinadi. Masalan, mebel to‘plami, avtomashina yoki 
kvartira olish uchun kishilar bankdan qarz oladilar. Bunda bank sotuvchi
qarz ko‘targan esa xaridor maqomida bo‘ladi. Ikkinchisi, kapital bozori. 
Bunda pul tirikchilik yurgizish uchun emas, balki kapital sifatida ishlatib 
foyda chiqarish uchun qarzga sotib olinadi. Bunga misol qilib tadbirkor, 
fermer yoki dehqon xo‘jaligi sohibining tijorat bankidan qarz olib, buni 
o‘z xo‘jaligi rivoji uchun ishlatishini ko‘rsatish mumkin. Kapital 
bozorining o‘zi ikki xil bo‘ladi, bu kredit bozori va qimmatli qog‘ozlar 
bozoridir. Kredit bozoridan (masalan, banklardan) tadbirkorlar kreditni 
(qarzni) sotib olib, uni kapital sifatida ishga qo‘yadilar. Bozordan 
kapitalni jalb etishning yana bir shakli bu aksiya, obligatsiya va 
sertifikatlarni chiqarib sotishdir. Bularni chiqarganlar emitent, sotib 
olganlar investor deyiladi. Emitent sotuvchi bo‘lsa, investor xaridor 
hisoblanadi. O‘zbekistonda kredit bozorini tijorat banklari, kredit 
shirkatlari va ulardan qarz oluvchi mijozlar tashkil etsa, qimmatli 
qog‘ozlar bozori fond birjalaridan, qog‘ozlarni saqlovchi depozitariy-
lardan iboratdir. O‘zbekistondagi fond bozorining ishtirokchilari korxona, 
tashkilotlar, aholining ma’lum qatlami, davlat idoralari va turli 
vositachilar hisoblanadi. 
Pul bozorining uchinchi, o‘ziga xos turi – bu valuta bozoridir. Bu 
bozorda turli mamlakatlarning milliy puli – valuta oldi-sotdi qilinadi. 
Uning ishtirokchilari korxonalar, turli tashkilotlar, davlat idoralari va 
fuqarolar hisoblanadi. Ulardan biri valuta sotsa, boshqasi uni sotib oladi. 
Mazkur bozor banklar, ularning valuta ayirboshlovchi shoxobchalari, 
valuta auksioni (kim oshdi savdosi) shaklida namoyon bo‘ladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling