Nominal mulkdorlar sinfi – jamiyatning inson, ashyolarga va tabiiy
kapitalga bo‘lgan mulkdorlik yuridik huquqiga ega bo‘lgan, ayni vaqtda
iqtisodiy hokimiyatga ega bo‘lmagan ijtimoiy guruhlari.
Real mulkdorlar sinfi – rasmiy institutlar ishlab chiqarish hamda shu
bilan ishlab chiqariladigan mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol
ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy guruhlar.
Fandorlik – mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan fanga xarajatlar kattaligi;
kapital samarasi – muayyan vaqt mobaynida yaratuvchi kapitalning
qo‘shimcha birliklaridan foydalanish natijasida olingan mahsulot; materiallar
hajmi – mahsulot birligini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi
materiallar sarfi.
Inson kapitalining haqiqiy mulkdori – yaratiladigan, jumladan muayyan
shaxs tomonidan yaratiladigan barcha hayotiy ne’matlar majmuini taqsimlash
va qayta taqsimlash chog‘ida yuzaga keladigan manfaatlarni kelishishga
amalda ta’sir eta oladigan shaxs.
Inson kapitaliga bo‘lgan mulkchilik tizimi – mazkur kapitalning
subyekt-obyekt tuzilishining barcha elementlari, shuningdek uning iqtisodiy
amalga oshuvi va rivojlanishini belgilovchi shart-sharoitlar va omillarning
o‘zaro bog‘liq va rivojlanib boruvchi birligi.
Inson kapitaliga bo‘lgan mulk – shaxs bilan boshqa xo‘jalik yurituvchi
agentlar o‘rtasida mazkur shaxsning dolzarblashgan bilimlar, ko‘nikmalar,
o‘quv va qobiliyatlarni o‘zlashtirish va keyinchalik ularning mansubligi
borasida yuzaga keladigan munosabatlarning ijtimoiy shakli.
Inson kapitaliga bo‘lgan mulkning ijtimoiy shakli – bir tomondan,
shaxsning u yoki bu ijtimoiy uyushmada ixtiyoriy ishtiroki bilan shaxsiy tusga
ega bo‘ladigan mulk shakli; boshqa tomondan, bu shaxsiylashuv muayyan
ijtimoiy uyushmaning ushbu shaxs va o‘xshash iqtisodiy manfaatlarga ega
bo‘lgan boshqa shaxslar manfaatlarini ifodalashga tayyorligi va qodirligida
moddiylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |