117
4. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy
mulkchilik ustuvorligining sababini tushuntiring.
5. Mulkiy munosabat qanday manfaatlarni yuzaga keltiradi?
6. Inson manfaati va mulkdor manfaatining farqi qanday?
7. Hozirgi bosqichda xususiylashtirish ommaviy tus olganining sabab-
larini tushuntirib bering.
8. Mulkni saqlashning qanday usullari qulay?
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Mulkchilik – kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish
vositalari va mehnat
mahsulini o‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixan aniq bir shaklda
namoyon bo‘luvchi iqtisodiy munosabatlar.
Mulkning institutsional tizimi – mulkning barcha tarkibiy darajalarida
amal qiladigan va takror ishlab chiqariladigan institutlarning o‘zaro bog‘liq
birligi.
Mulk huquqining spetsifikatsiyasi – ayrim «vakolatlar»ning ushbu
«vakolatlar»ning ularni yuqori baholaydigan va ulardan foydalanish orqali
ko‘proq foyda ola biladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar sotib olishlari uchun
qulay sharoit yaratish maqsadida bir yoki bir necha iqtisodiy subyektlarga
biriktirilishi.
Mulkning demokratik (fuqarolik) tizimi –
mulkning barcha shakl va
turlari xilma-xilligi va tengligi tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: