Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va milliy boyligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

5. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va milliy boyligi 
5.1. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati 
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga oid ta’riflardan quyidagilarni 
keltiramiz: 
a) salohiyat yashirin holda mavjud va zaruriy imkoniyatlar majmui; 
b) salohiyat – qobiliyatlar majmui; 
c) salohiyat – resurslar majmui. 
Mazkur ta’riflardan eng ko‘p qo‘llanadigani «resurslar»ga oiddir. 
Ushbu mavzudagi «salohiyat» tushunchasini ta’riflashda biz ana shu 
yondashuvga asoslanamiz. 
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati – mamlakatda mavjud resurs-
larning, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning eng ko‘p darajada 
zarur bo‘lgan hajmini ta’minlashga qodirligidir. 
Iqtisodiy salohiyat tarkibini ta’riflashda (aniqlashda) ikkita metodo-
logik yondashuv taklif etiladi: 
a) milliy iqtisodiyot ega bo‘lgan resurslarni baholash; 
b) xo‘jalik oborotiga jalb etilayotgan barcha resurslarni qo‘llash 
jarayonida ehtimol tutilgan iqtisodiy natijani aniqlash. 
Mamlakat iqtisodiy salohiyatining tarkibi quyidagi jihatlarga ko‘ra 
tahlil qilinadi: 
uning natural-moddiy tarkibi, ya’ni resurslar to‘plami, iqtisodiy 
salohiyatni aniqlash va dinamikasi tomonidan; 
iqtisodiy salohiyatning real holati hamda rivojlanish va qo‘llanish 
istiqbollari nuqtai nazaridan, ya’ni bunda gap iqtisodiy salohiyatning 
statik va kinetik xususiyatlari haqida boradi; 
iqtisodiy salohiyatni boshqarishning tashkiliy shakllari nuqtai 
nazaridan, ya’ni uning sohalari (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), 
iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalar tomonidan; 
ham milliy hududda, ham boshqa mamlakatlar hududida joylash-
tirilgan va amal qilayotgan iqtisodiy salohiyat elementlari tomonidan, 
ya’ni bu jihat ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarning asosiy 
qismi nafaqat davlat hududida, balki xorijiy davlatlar hududida ham 
joylashgan holatni inobatga oladi. Bu vaziyat odatda omilli (faktorli) 
daromadlarni aniqlashda hisobga olinadi
mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan xo‘jalik yuritishning 
alohida tashkiliy-huquqiy shakllarining mamlakatda xo‘jalik yuritishning 
yakuniy natijalariga qo‘shadigan hissasi nuqtai nazaridan, ya’ni bunda 


 108
gap mulkning davlat, xususiy, aralash, xorijiy va boshqa shakllarini 
shakllantirish va foydalanishdagi hissasi haqida boradi. Ushbu mulk 
shakllariga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari (AJ, har xil 
shirkatlar, uyushmalar, xoldinglar va h.k.) kiradi. 
Iqtisodiyotning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildir-
maydi, aksincha, u ochiq bo‘ladi, tashqi dunyo bilan o‘zaro manfaatli 
aloqaga kirishadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o‘z resurslariga 
tayanadi. Milliy iqtisodiyot ochiqligi xavfsizlik choralarini ko‘rishni 
taqozo etadi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bo‘lar ekan, bu 
iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi.
Iqtisodiy salohiyatning hajmi, tuzilishi va dinamikasiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar qatorida quyidagilarni ajratish mumkin: 
mavjud iqtisodiy resurslar hajmi hamda ulardan foydalanish 
imkoniyati; 
mamlakat erishgan hamda iqtisodiyot texnik bazasining sifati va 
unumdorligini ifodalaydigan fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish 
darajasi; 
mamlakat fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida to‘plagan 
salohiyat, mamlakat mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi xodim-
larning kasbiy-malakaviy darajasi. 
Mazkur omillarning iqtisodiy salohiyat tarkibidagi kompleks 
aloqadorligi salohiyatlarning mehnat, tabiiy-resursli, ilmiy-texnikaviy, 
ishlab chiqarish va boshqalardan iborat butun boshli tizimi shakllanishiga 
olib keladi. Ulardan har biri rivojlanishning o‘ziga xos tamoyil va 
qonuniyatlariga ega. 
Iqtisodiy salohiyatning quyidagi turlari ajratiladi: 
1. Tabiiy-resursli salohiyat (tabiiy tizimlarning o‘ziga zarar 
yetkazmagan holda odamlarning ushbu tipdagi xo‘jalik doirasida 
mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlash qobiliyati). 
Tabiiy resurslar milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi. 
Tabiiy resurslarning quyidagi turlari ajratiladi. 
Mineral resurslar: 
yonilg‘i-energetika resurslari (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar); 
metallsimon foydali qazilmalar (temir, mis, qo‘rg‘oshin, aluminiy, 
qalay va boshqalar); 
metall bo‘lmagan foydali qazilmalar (tuz, shpat, kaliy tuzlari, 
asbest, grafit va boshqalar); 
tabiiy qurilish materiallari va ishlab chiqarish uchun yaroqli xom 
ashyo (qurilish toshlari, qum-shag‘al material va boshqalar). 


 109
Tuproq resurslari: 
qishloq xo‘jalik ekinlari (haydaladigan, ozuqa beruvchi ekinlar, 
chorva mollari boqiladigan yaylovlar va boshqalar). 
O‘simlik resurslari: 
o‘rmon o‘simlik resurslari (chinor, yong‘oq, bodom, terak, 
qarag‘ay, archa, tol va boshqalar); 
pichanzorlar va yaylovlardagi o‘simlik resurslari (yaylovlar, 
ekilgan o‘tzorlar, baland tog‘ va adir yaylovlari hamda boshqalar); 
dorivor o‘simliklar (na’matak, dala qirqbo‘g‘ini, ittikanak, qumda 
o‘suvchi bo‘znoch, marvaridgul va boshqalar); 
texnik o‘simliklar resurslari (yalpiz, shuvoq (ermon), bo‘yi-
modaron va boshqalar); 
Hayvonot dunyosi resurslari: 
yovvoyi hayvonlar (ayiq, bo‘ri, tulki, mo‘ynali hayvonlar, sayg‘oq 
va boshqalar); 
parrandalar (karqur, kaklik, g‘oz, o‘rdak, bedana va boshqalar); 
ovlanadigan baliq (mintay, treska, sazan, marinka, kilka, ilonbaliq 
va boshqalar). 
Suv resurslari: 
yer yuzidagi suv maydonlari (ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar); 
yer osti va sizot suv omborlari. 
Resurslarning boshqa turlari: 
iqlimiy; 
gidroenergetika zaxiralari. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2007-yil 6-noyabrda 
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik 
Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling