Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
tarkibi (foiz)
1995-yil 2000-yil 2010-yil Yalpi ichki mahsulot 100 100 100 Jumladan Nodavlat mulkchilik 58,4 72,6 81,7 Shundan Fermer xo‘jaliklari x 1,9 6,5 Xo‘jalik birlashmalari x 17,4 27,4 Qo‘shma korxonalar x 5,2 14,2 Davlat mulkchiligi 41,6 27,4 18,3 Bozor islohotlarini amalga oshirish yillarida qariyb 31 mingta davlat korxonasi va obyekti xususiylashtirildi hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatiga qarab, ular aksiyadorlik 101 jamiyatlari (21,5 foiz) va mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari shakli (78,5 foiz) sifatida qayta tashkil etildi. 2010-yilda iqtisodiyotning nodavlat sektorining ulushi quyidagicha bo‘ldi: mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishda 81,7 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 91,0 foiz, qishloq xo‘jaligida 99,9 foiz, qurilish-pudrat ishlarining umumiy hajmida 89,6 foiz, transportda 56 foiz, savdo va umumiy ovqatlanishda 99,9 foiz. Vazirlar Mahkamasi majlisida (2007-yil 12-fevral) Prezident Islom Karimov «Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lida yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir» nomli ma’ruzasida xususiylashtirish masalasiga doir o‘z fikrini quyidagicha bayon etgan edi: «Biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabatimiz va yondashuvlarimizni ham tubdan o‘zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va boshqa yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosiga qo‘yish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur». Prezident Islom Karimov ilgari ham aytgan fikrini yana bir bor ta’kidlab, quyidagi ilmiy g‘oyani ilgari surdi: «Biz xususiylashtirishdan keladigan mablag‘lar hisobidan budjetga tushumlarni ko‘paytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganimiz yo‘q. Bu boradagi asosiy masala – xususiylashtiriladigan obyektlarga egalik qilishga da’vogarlarning avvalo obyektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z zimmasiga oladigan majburiyatlaridir. Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari g‘oyat qisqa muddatda amaldagi xususiylashtirish dasturlarini qayta ko‘rib chiqishi va bunda aksiyalar paketlari, jumladan, davlatga tegishli nazorat aksiya paketlari bo‘lgan, investorlarga taklif etiladigan strategik muhim obyektlar ro‘yxatini tubdan kengaytirishni nazarda tutishi kerak». O‘z vaqtida belgilangan vazifalar ijro etilishining ta’minlangani O‘zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yengil kechishiga zamin yaratdi. Bu masala bo‘yicha budjetga tushumlarni ko‘paytirishni o‘ylayot- ganimiz yo‘qligini, gap bu yerda odamlarning sarmoyasi, mablag‘ini mana shu sohaga jalb etish haqida borayotganligi, chunki odamlarda mablag‘ bor, lekin, ayni paytda, ularda agar pulimni sarflaydigan bo‘lsam, ertaga ortimdan tushadi, tekshir-tekshir boshlanadi, degan hadik va qo‘rquv ham yo‘q emasligi, tan olish kerakki, bunday qo‘rquv bejiz 102 emasligi, bizda kim ko‘p – tekshiruvchi ko‘pligi haqidagi muammolar davlatimiz rahbari tomonidan qayd etilganligini eslash joiz. Prezident Islom Karimov: «Albatta, jamiyatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasligi kerak. Lekin, shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik egalariga, ularning o‘z halol mehnati, peshona teri bilan topadigan daromadi va boyligiga yondashishda eski zamondan qolgan illat va asoratlardan butunlay voz kechishimiz zarur. Lo‘nda qilib aytganda, ularga hasad bilan emas, havas bilan qarash jamiyatimizda tobora chuqur qaror topishini xohlardim. Va bunday holatni bugun hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning tabiiy va mantiqiy natijasi tariqasida ko‘rishimiz ma’qul deb hisoblayman», – deb ta’kidladi. Prezident tashabbuskori bo‘lgan yana bir hujjat – bu yuqori palataning oxirgi yalpi majlisida ma’qullangan va 2010-yil 23-dekabrda matbuotda e’lon qilingan «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonundir. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi. «Rieltorlik faoliyati» tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yangilik hisoblanadi. Hozirgi vaqtga qadar ko‘chmas mulk bozorida vositachilik (rieltorlik) faoliyati masalalari qonuniy tartibga solinmagan edi. Buning oqibatida, har qanday yuridik va jismoniy shaxs professional tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan va biror-bir ruxsat (litsenziya) olmasdan ko‘chmas mulkning oldi-sotdisi va ijarasida vositachilik xizmatlari ko‘rsatar edi. Rieltorlarga nisbatan qonuniy talablarning hamda davlat organlari tomonidan ularning faoliyati ustidan nazoratning mavjud emasligi, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar tuzishda, ayniqsa, xufiyona vositachilikda katta tavakkalchilikni keltirib chiqarar, bu esa, ko‘pincha turar joy egalarining aldanib qolishiga, firibgarlik va mazkur sohadagi boshqa hiyla-nayranglarga olib kelardi. Bundan tashqari, fuqarolar vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanar ekan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda nazorat qilinmaydigan foyda olardilar. Shu munosabat bilan qabul qilingan qonun O‘zbekistonda qonuniy rieltorlik faoliyatiga asos soladi, uning rivojlanishini, ko‘chmas mulk bozori ishtirokchilari va davlat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlaydi, professional rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kulay sharoit yaratadi. Qonunga muvofiq, rieltorlik faoliyati yuridik (rieltorlik tashkilotlari) va jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkorlar) shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati sifatida belgilangan. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 103 olinishi zarur, rieltor esa vakolatli organ tomonidan beriladigan malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Qonun rieltorlar va rieltorlik tashkilotlari zimmasiga malaka talablarini hamda o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishni yuklaydi. Shuningdek, amalga oshiriladigan xizmatlarning sifatini ta’minlash mexanizmlari, ishonchli ma’lumotlar olish kafolatlari va ularning mijozlari tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlarini, rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash, shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda mab- lag‘larni qaytarish tartibini o‘z ichiga olgan shartnoma tuzish majburiyatlari mustahkamlangan. Bu hujjat ko‘chmas mulk bozorining noinsof vositachilariga to‘siq o‘rnatadi, rieltorlik faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, sohada zamonaviy raqobatni rivojlantirish va oxir-oqibatda, fuqarolar, jamiyat, davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘liq himoyalashga yordam beradi. Shu o‘rinda O‘zbekistonning asl fuqarosiman, degan har qaysi inson kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatlari jamiyatimizning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hamda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson kabi milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda muhim iqtisodiy tayanchga aylanib ulgurgan o‘rta sinf vakillari (xususiy biznes egalari)ning biz intilayotgan fuqarolik jamiyati qurishdagi o‘rni beqiyos ekanligiga to‘xtalish muhimdir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling