Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
5.4. Mehnat salohiyati
Mehnat salohiyati – jamiyatning imkoniyatdagi mehnat qobiliyati, jamiyat muayyan vaqt mobaynida ega bo‘lgan mehnat resurslarining ko‘lamidir. Mehnat salohiyati miqdor va sifat tomonlariga ega. Mehnat salohiyatining miqdor tomoni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi: mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan aholining umumiy soni; mehnatga qobiliyatli aholi mehnatining shakllangan intensivligi darajasi sharoitida ishlaydigan ish vaqtining miqdori. Ushbu ko‘rsatkichlarning olinishi jamiyatning muayyan davrdagi vaqt mobaynida ega bo‘lgan mehnat salohiyatining miqdor xususiyatini beradi. 111 Mehnat salohiyatining sifat tomoni quyidagilarda ifodalanadi: mehnat qobiliyatiga ega aholining sog‘liq va jismoniy layoqat darajasi; mehnat qobiliyatiga ega aholi ma’lumoti va malaka tayyorgar- ligining sifati. Binobarin, mehnat salohiyatining sifat tomoni mehnat qobiliyatiga ega aholining jismoniy va aqliy rivojlanishi majmui bilan ifodalanadi, bu esa, o‘z navbatida, uning mehnat faolligi darajasini belgilab beradi. Mehnat salohiyatining miqdor ko‘rsatkichlari uning ekstensiv o‘sishini ko‘rsatsa, sifat ko‘rsatkichlari – intensiv o‘sishidan dalolat beradi. Mehnat salohiyatini shakllantirish va undan foydalanishning maqbul jarayonlariga jamiyatning mehnat resurslarini boshqarishni maqbullash- tirish orqali erishish mumkin. Mehnat salohiyati insonga sarflangan investitsiyalarga bog‘liq bo‘lib, bu investitsiyalar jamiyatda inson kapitali yaratilishi, jamlanishi va ishlatilishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqarish va daromadning ko‘payishini ta’minlaydi. Mehnat salohiyatining rivojlanishi quyidagi demografik jarayonlar bilan bog‘liq: aholining mutlaq soni; katta va kichik yoshdagi shaxslarning ulushi; aholining kasallanish darajasi; demografik yuk (nagruzka) koeffitsiyenti (bolalar va qariyalar umumiy sonining mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar soniga nisbati). Mamlakat iqtisodiy salohiyatini baholashning universal indikatori (ko‘rsatkichi) – yalpi ichki mahsulot (YAIM). U nafaqat milliy iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi darajasini, balki uning tarmoq va hududiy tuzilishiga xos xususiyatni, uning ayrim sohalari, tarmoqlari va mintaqalari faoliyatining samaradorligini, jahon integratsiya jarayonlariga jalb etilish darajasini va shu kabilarni ifodalaydi. Yalpi ichki mahsulot – statistikaning umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib, bir yil ichida mamlakatda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ning bozor narxlaridagi jami qiymatini ifodalaydi. Ayni vaqtda ushbu mamlakatga ham, boshqa mamlakatlarga ham xos bo‘lgan ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda hisoblanadi. YAIM xuddi YAMM (yalpi milliy mahsulot) singari uchta usul bilan hisoblanadi: 112 daromadlar (omilli (faktorli) daromadlarning barcha turlari – ish haqi, mukofotlar, foydalar, renta daromadlari, foizlar yig‘indisi) hamda daromad hisoblanmaydigan ikki tarkibiy qism – amortizatsiya, shuningdek biznesdan olinadigan sof bilvosita soliqlar, ya’ni soliqlardan subsidiyalarning olingani qo‘shiladi. Bunga davlat qarzi bo‘yicha foizlar to‘lanishi kirmaydi; xarajatlar bo‘yicha (barcha iqtisodiy subyektlar – uy xo‘jaliklari, firmalar, davlatlar, xorijiy sektorning xarajatlari jamlanadi); qo‘shimcha qiymat bo‘yicha (oxirgi mahsulotni ishlab chiqarish- ning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat jamlanadi). Bu usul turli firma va tarmoqlarning YAIM (YAMM) ishlab chiqarishga qo‘shgan ulushini aniqlashga imkon beradi. Qo‘shimcha qiymatning summasi oxirgi tovar va xizmatlar qiymatiga teng bo‘ladi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan YAIM (YAMM) nominal, doimiy narxlarda hisoblangani esa – real YAIM (YAMM) deb ataladi. Nominal YAIM (YAMM) butun mahsulotning jismoniy hajmi o‘sishi evaziga ham, narx darajasining o‘sishi hisobidan ham ko‘payishi mumkin. Real YAIM (YAMM)ga narxlar darajasi ta’sir etmaydi. Shu bois real YAIM (YAMM) tovar va xizmatlar jismoniy hajmining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Íîìèíàë ßÈÌ (ßÌÌ) Ðåàë ßÈÌ (ßÌÌ)= Íàðõëàð èíäåêñè Æîðèé éèëíèíã íàðõëàðè Æîðèé éèëíèíã íàðõëàðèíèíã èíäåêñè= Õ100% Àñîñ ³èëèá îëèíãàí éèë íàðõëàðè Narxlar indeksi muayyan davr mobaynida keng doiradagi tovarlar narxining o‘rtacha darajasidagi o‘zgarishni ifodalaydi. Nominal va real YAIM (YAMM) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi formula bilan ifodalanadi: Íîìèíàë ßÈÌ (ßÌÌ) ßÈÌ (ßÌÌ) äåôëÿòîðè = Ðåàë ßÈÌ (ßÌÌ) YAIM (YAIM) deflyatori – nominal va real YAIM (YAMM) o‘rtasidagi farqni ifodalaydi, inflatsiya darajasini aniqlashda foyda- laniladi. 113 Iqtisodiy salohiyat hajmi, tuzilishi va dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar ichida quyidagilarni ajratish mumkin: iqtisodiyot resurslarining hajmi va ulardan foydalanish mum- kinligi; ilmiy texnikaviy taraqqiyot rivojlanishining mamlakat erishgan darajasi, u iqtisodiyot texnik bazasining sifati va unumdorligini belgilab beradi; mamlakat fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida to‘plagan salohiyat, mamlakat mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi xodimlarning kasbiy-malakaviy darajasi. Iqtisodiy salohiyat tarkibida mazkur omillarning kompleks o‘zaro ta’siri salohiyatlarning butun boshli tizimi shakllanishiga olib keladi: mehnat salohiyati, tabiiy-resursli salohiyat, ilmiy-texnikaviy salohiyat, ishlab chiqarish salohiyati va h.k. Ularning har biri o‘ziga xos rivojlanish tamoyillari (tendensiyalari) va qonuniyatlariga ega. Iqtisodiy salohiyatning eng muhim elementi – milliy boylik. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling