Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
5.5. Milliy boylik (MB)
Milliy boylik – mamlakat iqtisodiy qudratining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, jamiyat o‘zining butun ishlab chiqarish faoliyati davrida to‘plagan iste’mol qiymatining majmuini (muayyan sanaga) pul ko‘rinishida ifodalaydi. Milliy boylik jamiyat moddiy va madaniy rivojlanishining asosi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning shart-sharoiti va natijasi, xalq hayotining darajasi va sifatini oshirishning zaruriy shartidir. Milliy boylik quyidagi ikki asosiy tarkibiy qismni qamrab oladi: ijtimoiy (mehnat bilan yaratilgan) boylik; tabiiy (mehnat bilan ishlab chiqarib bo‘lmaydigan) boylik – ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan resurslar (yer, suv, o‘rmonlar, foydali qazilmalar). Ijtimoiy boylik ham muayyan ahamiyatga ega. Milliy boylik murakkab iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibida quyidagi elementlar ajratiladi: asosiy fondlar (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari); moddiy muomala fondlari (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari, tayyor mahsulot zaxiralari); 114 xalq xo‘jaligining tovar zaxiralari; davlat zaxiralari, jumladan sug‘urta, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, oltin va xorijiy valuta zaxiralari; aholining uy xo‘jaligida uzoq vaqt foydalaniladigan narsalar (individual transport vositalari, mebel, madaniy-maishiy va xo‘jalikda ishlatilayotgan narsalar, zargarlik buyumlari, kitob jamg‘armalari va boshqalar); iqtisodiy muomalaga jalb etilgan tabiiy resurslar (o‘zlashtirilgan yerlar, o‘rmonlar, suvlar, yer osti konlaridagi boyliklar va h.k.). Keng ma’noda, milliy boylikka jamiyatning ilmiy, ma’rifiy, malakaviy va madaniy salohiyati kiradi. Noashyoviy (nomoddiy) boylik tarkibida millatning sog‘lig‘i darajasi alohida o‘rin tutadi. Milliy boylik dinamikasiga ijtimoiy takror ishlab chiqarishning samaradorligi xosdir. Shu bois milliy boylik muammosi iqtisodchilar tadqiqotlarining mavzui bo‘lgani bejiz emas. Ilk bor milliy boylik ingliz iqtisodchisi U. Petti tomonidan 1664-yilda hisoblab topilgan. Milliy boylik ilk bor Fransiyada 1789-yilda, AQShda 1805-yilda, Rossiyada 1864-yilda hisoblangan. Muayyan mamlakat valutasida hisoblangan milliy boylik odatda qandaydir umumiy valutada, masalan, AQSh dollarida qayta hisoblanadi va mamlakat aholisining jon boshiga nisbatan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ayrim mamlakatlar iqtisodiy qudratlarini va ularning moddiy farovonlik darajasini qiyosiy tahlil qilish uchun asos bo‘ladi. Milliy boylik tarkibini ifodalashda bir qator iqtisodiy katego- riyalardan foydalaniladi. Ularning ayrimlariga to‘xtalamiz: Nomoliyaviy ishlab chiqarish aktivlari – ishlab chiqarish jarayoni natijasida yaratilgan aktivlar. Bu aktivlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning asosiy fondlari; moddiy muomala vositalarining zaxiralari; qimmatliklar (boyliklar). Asosiy fondlar (asosiy vositalar, asosiy kapital) – bu doimiy ishlab chiqarish kapitalining ishlab chiqarish jarayonida butunlay ishtirok etuvchi, ammo o‘z qiymatini tayyor mahsulotga qism-qism qilib moddiy va ma’naviy eskirish jarayonida o‘tkazib boradigan qismi. Asosiy fondlarga avanslashgan kapitalning bino, inshootlar qurish, mashina, uskunalar, asboblar xarid qilishga sarflangan qismi kiradi. Tovar sotilganidan keyin asosiy kapital qism-qism bo‘lib pul shaklida tadbirkorga qaytib keladi. 115 Asosiy fondlar tarkibiga, shuningdek nomoddiy ishlab chiqarish aktivlari – inson mehnati bilan yaratilgan, biror axborot tashuvchida keltirilgan va barcha uchun foydalanish mumkin bo‘lmagan axborot ko‘rinishidagi obyektlar. Ushbu aktivlar qiymatiga foydali qazilmalarni izlab topish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, adabiyot va san’atning orginal asarlarini yaratish kabilarga sarflangan xarajatlar kiradi. Moddiy muomala vositalari – milliy boylikning muhim tarkibiy qismi, uning doimiy ravishda yangilanib (tiklanib) boradigan elementi. Ular tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari (xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, ehtiyot qismlar, uskunalar, xo‘jalik tovarlari, urug‘lar, ekish materiallari va yem-xashak, boquvdagi hayvonlar, yosh chorva mollar va boshqalar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot hamda qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar va moddiy zaxiralar kiradi. Qimmatliklar (boyliklar) – uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan, vaqt o‘tishi bilan eskirmaydigan, odatda iste’mol uchun yoki ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan hamda asosan qiymatni zamonda saqlab qolish vositasi sifatida sotib olinadigan qimmatbaho tovarlar bo‘lib, ularning qiymati narxlarning umumiy darajasiga nisbatan kamaymasligi kerak. Boyliklar qimmatbaho (nodir) metallar va toshlar, san’at asarlari kabilardan tashkil topadi. Boyliklarning eng muhim xususiyati shundaki, vaqt o‘tishi bilan ko‘plab obyektiv va subyektiv omillar oqibatida boyliklarning tuzilishi o‘zgaradi. Moliyaviy bo‘lmagan va ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan aktivlar – milliy boylikning tarkibiy qismlaridan biri. Unga iqtisodiy salohiyatning nafaqat hajmi va tuzilishini, balki dinamikasini ham belgilovchi ikki tarkibiy qism kiradi: a) moddiy noishlab chiqarish aktivlari; b) nomoddiy noishlab chiqarish aktivlari (patentlar, savdo markalari, nou-xau va boshqalar). Moddiy noishlab chiqarish aktivlari – tabiiy kelib chiqqan aktivlar (tabiiy aktivlar – yer, kon resurslari, boshqa tabiiy aktivlar), ya’ni mulkchilik huquqi belgilangan yoki belgilanishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlarining natijalari bo‘lmagan aktivlar. Ushbu aktivlarga tabiiy aktivlar kirmaydi, ayrim mulkchilik huquqlari belgilanmagan yoki belgilanishi mumkin emas (masalan, ochiq dengiz yoki osmondagi makon). Nomoddiy ishlab chiqarilgan aktivlar – bular o‘z egalariga faoliyatning muayyan turlari bilan shug‘ullanish yoki muayyan turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga alohida huquq beruvchi aktivlar. Bunda boshqa institutsional birliklar (yuridik va jismoniy 116 shaxslar) tegishli aktivlar egalarining maxsus ruxsatisiz bunga huquqli bo‘lmaydilar. Bu aktivlarga patentlashtirish obyektlari (litsenziya, nou- xau va boshqalar), ijara haqidagi shartnomalar va foydalanish uchun berish huquqini beruvchi boshqa kontraktlar, shuningdek sotib olingan gudvill (ishbilarmonlik aloqalari va obro‘yi qiymatining shartli bahosi) kiradi. Ularni hisobga olish metodikasi hali oxirigacha ishlab chiqarilmaganligi sababli bizning statistika milliy boylikning ushbu qismi bo‘yicha ma’lumotlarga ega emas. Moliyaviy aktivlar (passivlar) – ular tarkibiga quyidagilar kiradi: monetar oltin va o‘zlashtirishga oid maxsus huquq (SPZ); valuta va depozitlar; qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalardan tashqari); aksiyalar hamda aksionerlik kapitalida ishtirok etishning boshqa turlari; kredit va zayomlar (qarzlar); sug‘urtaga oid texnik zaxiralar; boshqa debitorlik va kreditorlik qarzlari; bevosita xorijiy investitsiyalar (ma’lumotnomaga oid). Moliyaviy aktivlar va passivlar (majburiyatlar), agar tashkil qilingan moliyaviy bozorlarda oldi-sotdi obyekti bo‘lsa, joriy qiymati bo‘yicha baholanadi. Bunda bahoga xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar, yig‘imlar, komission to‘lovlar hamda bitimlar tuzish chog‘ida xizmat ko‘rsatish uchun to‘lanadigan boshqa o‘xshash to‘lovlar kiritilmaydi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling