Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


-BO‘LIM. MIKROIQTISODIYOT


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2-BO‘LIM. MIKROIQTISODIYOT
7-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING
TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLLARI
1. Tadbirkorlikning mohiyati, belgilari va prinsiplari 
Tadbirkorlik bozor tizimiga xos bo‘lgan maxsus iqtisodiy faoliyat 
bo‘lib, tovar va xizmatlarni yaratish hamda iste’molchilarga yetkazib 
berish orqali foyda topishga qaratilgan biznesning asosiy turi hisoblanadi. 
Tadbirkorlik maxsus tizim hosil etadiki, bunga tadbirkorlikning obyekti, 
subyekti, tadbirkorlik qonun-qoidalari, axloqiy me’yorlari, tadbirkorlik 
siyosati va uning infratuzilmasi kiradi. 
Tadbirkorlik mulkiy jihatdan xususiy, jamoaviy va davlat tadbir-
korligini, yuritilish uslubi jihatidan oshkora va yashirin tadbirkorlikni, 
yuritilish sohasi jihatidan industrial, agrar va servis tadbirkorligini va 
nihoyat faoliyat ko‘lami jihatidan kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlikni 
tashkil etadi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi kishilar tadbirkorlar 
toifasini hosil etadi, ular iyerarxiyasida quyi, o‘rta, yuqori (elita) va eng 
yuqori (super elita) tabaqalari mavjud bo‘ladi. Mazkur toifa ikki yo‘l 
bilan shakllanadi, birinchidan, tadbirkorlik avloddan-avlodga o‘tadi, 
ikkinchidan, tadbirkorlik qilmaganlar u bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi yo‘l 
o‘tish davridagi mamlakatlarga xos bo‘lib, bu O‘zbekistonda ham 
kuzatiladi. Chunki mustaqillikka qadar xususiy tadbirkorlik ta’qib ostiga 
olingan. 
Tadbirkorlik naqadar foyda keltirishini foydalilik, ya’ni rentabellik 
darajasi belgilaydiki, bu qancha foyda topilganini, ya’ni iqtisodiy 
faoliyatning samaradorligini ko‘rsatadi, buni bilish uchun tadbirkorlik 
natijasida qo‘lga tekkan foyda sarflar bilan taqqoslanadi, natijada foyda 
sarflarining necha foiziga tengligi aniqlanadi. Firma ishining 
samaradorligi tahlil etilganda ishlab chiqarish va mahsulot rentabelligi 
aniqlanadi. Rentabellikni oshirish uchun ishlab chiqarish restrukturi-
zatsiyalanadi, resurslar tejaladi, kapital tarkibi takomillashtiriladi, mehnat 
motivatsiyasi kuchaytiriladi. 
Foydani maksimumlashtirish uni iloji boricha ko‘p olishni bildiradi, 
bunga rentabellikni oshirish va kapitalni ko‘paytirish, ya’ni ishlab 


 172
chiqarishni kengaytirish orqali erishiladi. Biroq buning uchun ishlab 
chiqarishning eng maqbul hajmiga erishish zarurki, bunda tovar narxi 
marginal xarajatlarga tenglashadi. Faqat shundagina narx bilan o‘rtacha 
xarajatlar o‘rtasidagi foydani yuzaga keltiruvchi farq eng katta bo‘ladi. 
Tushgan daromadlar xarajatlarni qoplashga yetmay qolgan taqdirda 
zarar ko‘riladi, buning sababi chiqarilgan tovar va xizmatlarni bozor 
ko‘tarmasdan ular narxining, binobarin daromadning pasayib ketishi va 
xarajatlarning ortib ketishini yuzaga keltiradi. Zarar me’yoridan oshib 
ketganda, uni qoplash imkoniyati bo‘lmay bankrotlik yuzaga keladi, bu 
firmaning yopilib ketishi yoki boshqalarga qo‘shilib ketishini bildiradi. 
O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunga 
ko‘ra tadbirkorlarga o‘z mol-mulkidan foydalanish erkinligi, mahsulot-
larni taqsimlash mustaqilligi, huquqiy tenglik, ixtiyoriy ishga yollash
cheklanmagan daromad olish imkonini kafolatlaydi. 
Tadbirkorlikning o‘z axloqiy qoidalari bo‘lib, ulardan eng muhimi 
halollik va haromdan hazar qilishdir. Bu qoida islom ta’limotida 
qo‘llanishi shart deb bilinadi. Alloh taolo Qur’oni karimda: «Halol va 
pokiza nafaqa yenglar va solih ishlar bajaringlar», – deb buyurgan. Hadisi 
shariflaridan birida payg‘ambarimiz: «Halol nafaqa bilan ta’minlash har 
bir musulmon uchun farzdir»
1
, – deganlar. Islom ta’limotiga ko‘ra, 
mehnatsiz qo‘lga kiritilgan luqma haromdir. Tadbirkorlar ham o‘z rizqu 
nasibasini halol mehnat bilan topishlari shart, halollik tadbirkorlarning 
obro‘li bo‘lishini kafolatlaydi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling