Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Tadbirkorlikning muhim belgilari yoki amal qilish prinsiplari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Tadbirkorlikning muhim belgilari yoki amal qilish prinsiplari 
quyidagilar:
– mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lish, ishlab chiqarish 
omillarining barchasiga yoki ba’zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik 
qilish; 
– iqtisodiy erkinlik, xo‘jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan 
ta’minlash, oldi-sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda 
erkinlik; 
– iqtisodiy xatti-harakatlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish,
ish natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli 
ishga qo‘l urish; 
foyda olishga intilish, foydaga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish, 
olingan foydani o‘z bilganicha ishlatish; 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɋɚɣΣɨɧ ɋ. Ɍɢɠɨɪɚɬ ɜɚ ɛɢɪ ɥɭԕɦɚ ԟɚɥɨɥ ɨɲ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 6.


 173
– tijorat siriga ega bo‘lish, biznesga oid va o‘zgalarga oshkor 
etilmaydigan ma’lumotlarni sir tutish; 
– raqobat kurashida qatnashish, bozorda amal qiluvchi qoidalarga 
rioya etgan holda halol raqobatda qatnashib, uning g‘irrom, yovvoyi 
usullaridan voz kechish
– halollik bilan ish yuritish, qalloblik, tovlamachilik, firibgarlik, 
g‘irromlik va aldamchilikka moyil bo‘lmaslik. Obro‘ga ega bo‘lish, 
boshqalarga ishonish va boshqalar ishonchini qozonib sha’n-e’tibor 
orttirish, firma nomini e’zozlab, unga putur yetkazmaslik, firmani 
obro‘sizlantirmaslik. 
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi (2012-yil 2-may) yangi tahrirdagi qonuniga 
ko‘ra, «tadbirkorlik faoliyati» tushunchasi: «Tadbirkorlik faoliyati 
(tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z 
mulki javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan 
tashabbuskorlik faoliyatidir». Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan 
yuridik va jismoniy shaxslardir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling