Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbir-


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

iqtisodiyotida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbir-
korlikning roli va ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan 
qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
O‘zbekistonning bu yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning 
ulushi 54 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real 
iqtisodiyotimizda, avvalambor sanoatda yetakchi o‘rinni egallay 
olmayapti. Ushbu vazifani hal etish uchun «Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri 2012-
yil 2-mayda qabul qilindi. Bu qonunda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish yo‘llarini soddalashtirish, ularning 
faoliyati uchun ko‘proq erkinliklar berish ko‘zda tutilgan. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda 30 ta tijorat banki, 115 ta kredit 
tashkiloti, 36 ta mikrokredit tashkiloti hamda 28 ta lombard faoliyat 
yuritmoqda. Endilikda ushbu moliya muassasalari kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning yaqin hamkoriga aylanayotir. Respublikamizda 
2010-yilda ushbu soha vakillariga ajratilgan kreditlar hajmi 1,4 barobarga 
ko‘payib, 2 trillion 700 milliard so‘mni tashkil etdi. 
Yaratilgan huquqiy zaminlar, qabul qilingan kafolatlar, imtiyoz va 
preferensiyalar hayot, najot, saodat yo‘li bo‘lgan kichik biznesning jadal 
rivojlanishiga imkoniyat yaratdi, buning natijasida uning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 31,0 foizdan 2012-yil yakuniga kelib 
qariyb 55,0 foizga yetdi. Bugungi kunda jami band aholining 74,3 foizdan 
ko‘prog‘i mazkur sohada mehnat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning eksportda 13,6 foiz, importda 36,6 foiz ulushga ega 
bo‘lgani bejiz emas. Muhim yangilik yana shundan iboratki, bugunga 
kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning natijasi sifatida aholining daromadlari tarkibida tadbir-
korlik faoliyatidan olinayotgan daromad ulushi tobora salmoqli o‘rin 
egallayotganini alohida qayd etish lozim. Chunki barcha daromadlarning 
51 foizdan ortig‘i tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad hissasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. Bu natijalar mamlakatimizda so‘nggi yillarda kichik 
hajmdagi moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning maxsus samarali shakli 
hisoblangan mikromoliyalash tizimini rivojlantirishga e’tibor qaratilga-
nidandir.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov mamlakatimizni modernizatsiya 
qilish yo‘lini izchil davom ettirishda «2011-yil – Kichik biznes va xususiy 


 196
tadbirkorlik yili»ning o‘rni beqiyosligiga to‘xtalib, «Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik yili» bo‘yicha qabul qilinadigan davlat dasturida bir 
qancha ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kid-
ladi. 
Ustuvor yo‘nalishlardan biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratishdan iboratligi Prezidentimiz 
ma’ruzasining markaziy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Unda oxirgi-
yillarda tadbirkorlik sohasida o‘z ishini ochish uchun ruxsat olish, soliq, 
moliya va statistika organlariga hisobot topshirish masalalarini tartibga 
solish bo‘yicha ancha ishlar qilingani va qilinayotgani ta’kidlanib, lekin 
bu sohada bajaradigan ishlarimiz hali kam emasligi ko‘rsatib o‘tildi. 
Ayni paytda, kichik biznes subyektlarining energiya, gazsuv va 
kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa shu kabi muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi yoki ularni qurishda ishtirok etishi 
uchun ruxsat olish tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasi bo‘yicha 
ham dasturda aniq chora-tadbirlar belgilanishi va ularning ijrosini qat’iy 
nazoratga olish yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu 
soha rivoji uchun yanada keng yo‘l ochib berish maqsadida mavjud 
normativ-huquqiy bazani tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish, 
yangi qonun hujjatlarini qabul qilish masalasiga to‘xtaldi.
Bu haqda Islom Karimov joylarda kichik bo‘lsa ham o‘z ishini, o‘z 
biznesini ochishga intilayotgan xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash 
o‘rniga, mahalliy amaldorlar tomonidan ularni ko‘rolmaslik, qo‘lidan ish 
keladigan odamlarning yo‘liga turli-tuman g‘ov-to‘siqlar qo‘yilayot-
ganiga aslo toqat qilib bo‘lmasligini aytib o‘tib, keyingi yillarda bunday 
salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli ishlar olib 
borilayotganligi, jumladan, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga 
davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, 
shuningdek, xo‘jalik va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy huquq va 
erkinliklarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga 
oshirilganini ta’kidladi. Lekin nazorat organlariga mansub ayrim 
mansabdorlar malakasining pastligi hanuz o‘tkir muammo bo‘lib 
qolayotganligi va ishimizga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligini kuyinib 
gapirdi. 
Shular qatorida ko‘pgina viloyat va tumanlarda korrupsiya degan 
balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish 


 197
kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmasligini, qonunga zid 
bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning 
vaqti kelganligi, yoshi va vazifasidan qat’i nazar, bizningcha, keng 
jamoatchilik ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va 
ma’naviy sohalarda mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov 
ekanligi, oxir-oqibatda aholi farovonligini o‘stirishga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi illat ekanligini singdirish zarurligi davlatimiz rahbari 
tomonidan alohida qayd etilgan.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun 
yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy 
biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni 
bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi 
talabidan kelib chiqib, «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling