193
tadbirkorlar foydasiga talqin qilinishi kerak. Kichik biznes subyektlarida
ular ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab uch yil davomida rejali soliq
tekshiruvlarini o‘tkazishni taqiqlaydigan va keyinchalik
barqaror faoliyat
yuritayotgan, soliq qonunchiligi va tartib-intizomga qat’iy rioya
qilayotgan soliq to‘lovchilarda tekshiruvlar o‘tkazishni cheklaydigan
tartib joriy etilgan.
2005-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishning ruxsat berish tizimidan xabardor qilish tizimiga o‘tildi. O‘z
biznesini ochish uchun tadbirkorga ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat
talab etiladi va bu qoida rivojlangan davlatlarda amal qilayotgan
mezonlarga javob beradi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan institutsional va
bozor infratuzilmasini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Tovar-xomashyo birjasi bozorda narxlar shakllanishi
va yuqori likvidli
xomashyo resurslari va tovarlaridan teng foydalanish imkoniyatini
yaratishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Bugungi kunda
mamlakatimizda birja savdolarining izchil yo‘lga qo‘yilgan mexanizmi
mavjud bo‘lib,
u har bir tadbirkorga xomashyo resurslaridan birja
savdolari orqali teng va hech qanday to‘siqlarsiz foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: