Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


ratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

ratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlanganidek, 
mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni 
yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish 
faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi. 
Oilaviy biznesni kengaytirish O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi 
kunda milliy iqtisodiyotimizda ushbu tarmoqning roli muntazam ortib 
bormoqda. Oilaviy biznes muhim daromad manbaiga aylanmoqda. 
Darsligimizda 2011-yil 2-aprelda «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan, 
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan aholi 
o‘rtasida oilaviy biznesning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish 


 190
istiqbollarini aniqlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan so‘rov natijalarini 
keltirishni lozim topdik. Unda yurtimizning barcha hududlaridan aholi 
qatlamlari vakillari ishtirok etdi. So‘rov qatnashchilari kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sohasi o‘z rivojlanish jarayonida jamiyatimizda 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim kafolatlaridan biri bo‘lib xizmat 
qilayotganini qayd etdilar. 
Mamlakatimizda 2011-yilning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan tegishli Davlat dasturi qabul 
qilindi. Unda amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani tanqidiy baholash va 
takomillashtirish, ushbu sohadagi islohotlarni izchil rivojlantirish va 
jadallashtirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan yangi qonun 
hujjatlarini qabul qilish muhim vazifalar sirasiga kiritildi. 
O‘zbekistonda xalqimizning eng yaxshi milliy an’analarini qayta 
tiklash, jumladan, odamlarning hunarmandchilik va xususiy biznes 
yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit 
yaratilgan. Bu borada oilaviy biznes ijtimoiy ishlab chiqarishning ana shu 
ko‘nikmalarini qo‘llash va rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklasha-
digan samarali tashkiliy-huquqiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
So‘rov davomida bugun mamlakatimizda har to‘rt oiladan biri 
oilaviy biznes bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Har uch oiladan biri 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda, har olti oiladan biri savdo 
sohasida mehnat qilmoqda, har sakkiz oiladan biri hunarmandchilik 
hamda kundalik ehtiyoj tovarlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotir. 
So‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, oilalarning 6,5 foizi transport xizmatlarini 
ko‘rsatish sohasida mehnat qilmoqda. Oilaviy biznes tibbiy, ta’lim, 
huquqiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish sohalarida ham 
rivojlanmoqda.
Ijtimoiy tadqiqot qatnashchilari o‘z oilaviy biznesini amalga 
oshirishga yordam berayotgan mavjud shart-sharoit va qoidalarni ijobiy 
baholaydi. So‘ralganlarning 41,3 foizi bu qoidalar oilaviy biznesni 
samarali rivojlantirish imkonini berayotganini qayd etdi. 
Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda oilaviy biznes katta istiqbolga ega 
ekanini tasdiqladi. Ayni paytda ishtirokchilarning 53,8 foizi iqtisodiyot 
real sektorining ushbu sohasini kengaytirish uchun oilaviy biznes 
huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarni bartaraf 
etish zarur, deb hisoblaydi. Prezidentimiz ham «Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor qaratgan. 


 191
So‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlarida 
yashayotgan oilalarning uchdan bir qismi kelajakda o‘z oilaviy biznesini 
yo‘lga qo‘yishni istaydi. Ularning orasida qishloq ahli shaharliklarga 
qaraganda 1,2 marta ko‘p. So‘rov qatnashchilarining aksariyati oilaviy 
biznesini umumiy ovqatlanish, hunarmandchilik, savdo, qishloq xo‘jaligi,
jumladan, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, 
tikuvchilik va boshqa sohalarda tashkil etish istagini bildirgan. 
Fuqarolarimizning fikricha, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab 
chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq, oilaviy biznesni tashkil qilishning 
qonunchilik bazasini yaratish huquqiy kafolatlarni yanada mustahkamlash 
imkonini beradi va ushbu sohani jadal rivojlantirish sharoitlarini 
shakllantiradi. Shuningdek, joylarda rasmiyatchilik holatlariga barham 
berishga ko‘maklashadi. Muxtasar aytganda, «Oilaviy biznes – rivojla-
nishning yangi bosqichi» mavzuida o‘tkazilgan so‘rov mamlakatimiz 
aholisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qonun-
chilik tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Chunonchi
so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (92,9 foiz) «Mamlakati-
mizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da qayd etilgan biznesning yangi 
shakli – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy bazasini qonuniy belgilash 
zarurligi to‘g‘risidagi qoida milliy iqtisodiyotimiz va aholi farovonligini 
jadal yuksaltirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. 
Darhaqiqat, ijtimoiy hodisa bo‘lmish oilaga ilmiy tadqiqotlarda ham 
borgan sari ko‘proq va asosliroq e’tibor berilmoqda. 1992-yilda 
iqtisodiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olim Garri 
Bekkerga mikroiqtisodiy tahlilni oilaning faoliyatini shakllantirishni
boshqarishgacha kengaytirgani uchun berildi. Iqtisodiy xavfsizlikni 
ta’minlashning muhim sohasi oilaning iqtisodiy darajasidir. Oila iqti-
sodining baquvvatligi, uning farovonligi ijtimoiy xotirjamlikni kafo-
latlaydi. Oila iqtisodiy tizimning bosh nuqtasi, u faqat iste’molchi emas, 
balki ishlab chiqaruvchi hamdir. Oilaga iqtisodiy hujayra deb qarash 
zarur. 
Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan shaxsiy tomorqa xo‘jaligining 
yoyilganligi bilan ajralib turadigan O‘zbekistondagi vaziyat muayyan 
darajada oila iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qulay sharoit 
mustaqillikka qadar davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 
ta’minlangan. Yurtboshimiz Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrining 
2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida «Qishloq 
xo‘jalik sohasini, qishloq taraqqiyotini mamlakatimiz rivojining yetakchi 


 192
kuchi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasini ko‘tarishga 
alohida ahamiyat berilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sha-
roitida iqtisodiyotimiz negizlarini mustahkamlashda muhim omil 
bo‘lganligini» ta’kidlagan edi. 
Binobarin, jamiyat hayotini modernizatsiyalash davrida boshqa 
sohalar qatori qishloq joylarida ham ijtimoiy infratuzilmani takomil-
lashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, qishloqda ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholi turmush 
tarzini yuksaltirish, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. 
Shu o‘rinda nafaqat qishloq joylarda ajratilgan tomorqalar, balki 
shahar joylardagi tomorqalardan samarali foydalanish ham tadbirkorlik 
ekanini eslatib o‘tish joizdir. Afsuski, davlatimiz tomonidan ajratilgan 
tomorqalardan joylarda oqilona foydalanilmayapti. Shu bois mutasaddi 
tashkilotlar, rahbarlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 
xodimlari, faollar joylarda tomorqalardan samarali foydalanishga oid 
targ‘ibot-tashviqot ishlarini kundalik faoliyatiga aylantirishi lozim. 
Chunki bugungi kunda tabiat injiqliklari, global iqlim, qurg‘oqchilik 
oqibatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jahon miqyosida 
muammoga aylanmoqda. Bu jahonda oziq-ovqat narxlarining o‘sishiga 
olib kelyapti. Tomorqa xo‘jaligining mavjudligi ham oilada ish bilan band 
etish va daromad olishning samarali omili hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning iqtisodiyotga ta’siri 
iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. So‘nggi yillarda 
iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida davlat 
va nazorat tuzilmalarining korxonalar, moliya xo‘jalik subyektlari hamda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy erkinligi va 
huquqlarini sezilarli darajada kengaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar 
amalga oshirildi. Noqonuniy tekshiruvlar soni kamaydi.
Biznesning erkin faoliyat ko‘rsatishining asosiy majburiy shartlaridan 
biri, birinchi navbatda, tadbirkorlik erkinligining kuchli huquqiy 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling