Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Korxona (firma)ni tashkil qilish tamoyillari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Korxona (firma)ni tashkil qilish tamoyillari
207 Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo‘q bo‘lishi ham yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: – korxona tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi; – korxona ta’sischilarini tanlash; – taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish; – korxona Nizom jamg‘armasini tuzish biznes-rejasini tayyorlash; – davlat ro‘yxatidan uchun moliya manbalarini aniqlash; – korxonaning ta’sis hujjatlari va o‘tish; – muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; – soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik idorasi, mehnat jamoasi yoki ta’sischilar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar, agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik idorasining roziligi bo‘lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo‘linmalarni, ushbu bo‘linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko‘ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi: • ta’sischilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi badallari; • mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar; • qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar; • banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar; 208 • budjetdan olinuvchi mablag‘lar (dotatsiya), kapital qo‘yilmalar; • korxona, tashkilot va fuqarolarning beg‘araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg‘a tariqasida olinuvchi mulk; • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. Davlatning korxonalar mulkini (asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar va hokazo) tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Korxona (firma)larning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi va korxona (firma)ni tugatish va qayta tashkil qilish masalasiga to‘xtalamiz. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling