Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
1. «Korxona (firma)» tushunchasi, belgilari, vazifalari va funksiyalari Korxona – iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning asosiy ijtimoiy- iqtisodiy shakli hisoblanib, milliy iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inidir. Korxona tovarlar ishlab chiqaradi va xizmatlar ko‘rsatadi. Agar uning nizomida korxonaning tashkiliy-huquqiy vazifalari belgilangan bo‘lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga esa asosiy va aylanma fondlar, pul mablag‘lari va boshqa aktivlar kiruvchi nizom jamg‘armasi mavjud bo‘lib, unga tayanadi. Korxona o‘z pasport va nizomiga ega. Nizom jamg‘armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida ta’sischilar: davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida nizom jamg‘armasi ko‘paytirilishi mumkin. Umuman olganda, nizom jamg‘armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. 204 O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, korxona huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo‘lib, o‘ziga tegishli mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Korxonani turli jihatlariga ko‘ra tavsiflash mumkin: – ishlab chiqarish va texnika munosabatlarida korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texno- logiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; – ijtimoiy munosabatlarda korxona turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar; – tashkiliy huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi; – moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro‘yxatidan ʆɬɝɚɱ, yuridik shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo‘ladi: ta’sischining arizasi; korxonaning nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki ta’sischilar shartnomasi; davlat bojini to‘laganlik haqida kvitansiya va hokazo. Korxona quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyatini, moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligini va ishonchliligini ta’minlaydi; ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi; uchinchidan, korxona o‘z nomidan harakat qiladi hamda amaldagi qonunlarga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, shuningdek, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega; beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi 205 hamda davlat idoralari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi. Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkil etishda, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi. Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism tizimning o‘zi (korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko‘rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag‘lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish o‘zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo‘ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko‘rsatiladi, ya’ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to‘lash faoliyati yuzaga keladi. Korxonalarning aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro‘y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg‘ining o‘z vaqtida yetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiasiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarning mohiyatiga qisqacha to‘xtalamiz. Konsern – umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi. 206 Konsorsium – kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. Xo‘jalik assotsiatsiyasi – jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli birlashuvini anglatadi va unda birlashgan subyektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. Korporatsiyalar – umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy subyekt – huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ular aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar borasida kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar. Sindikat tijorat faoliyatini (ta’minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) hamkorlikda tashkil qilishga asoslangan birlashmadir. Sindikat tarkibida korxonalar huquqiy va xo‘jalik yuritishni saqlab qoladilar. Trestlar yuqori darajada markazlashgani bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va mustaqilligini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq vazifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi. Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: • resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; • kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mustahkamlash; • mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; • ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi turlarini jalb etish; • ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsa- dida narx va sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling