Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi Oilaviy korxona
- Kichik korxona
Tayanch tushunchalar:
Korxona (firma), xususiy firma, mas’uliyati cheklangan firma, aksioner firma, davlat korxona (firma)si, aralash firma, xolding kompaniya, korxona (firma) siyosati (tijorat, narx, moliya, raqobat siyosati). Korxona daromadi, yalpi daromad, foyda, iqtisodiy foyda, rentabellik, bankrotlik, soxta bankrotlik, kapital, asosiy kapital, korxona xavfsizligi. Savol va topshiriqlar: 1. Korxona (firma)ni ta’riflang. 2. Xarajatlar, ichki va tashqi xarajatlar nima? 3. Korxonaning iqtisodiy manfaatlari deganda nimalarni tushunasiz? 4. Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlarni sharhlang. 5. Korxonaning bankrot bo‘lishi sabablarini tushuntiring. 6. Bankrot bo‘lgan firmani qanday oqibatlar kutadi? 7. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish g‘oyat muhim ishligini tushuntirib bering. 225 8. Korxonaning tijorat sirlari va axborot obyektlarini himoya qilishning mohiyatini tushuntirib bering. 9. Mamlakatimizda bandlik muammosini hal etishda korxona (firma)larning rolini izohlang. 10. Kichik biznes imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqidagi fikringizni bayon eting. 11. Korxona xavfsizligi nima? 12. Korxonalarning mamlakat iqtisodiy negizlarini mustahkamlashdagi o‘rni va roliga baho bering. 13. Mustaqillik yillarida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining rivojlanishini tahlil qiling. 14. Oilaviy korxonaning mohiyatini tushuntiring. Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt. Mikrofirma – kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, mamla- katimizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi. Kichik korxona – kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi. Firma – iste’molchilar ehtiyoji va o‘z rivojlanishini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar tayyorlash va sotish uchun ishlab chiqarish omillaridan eng yaxshi foydalanish borasida mustaqil qarorlar qabul qiluvchi iqtisodiy birlik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling