Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Auditorlik kompaniyasi – xo‘jalik yurituvchi subyektlarga buxgalteriya 
hisobini tashkil etish va yuritish, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash, bu borada turli maslahatlar berish, moliya-xo‘jalik faoliyati 
to‘g‘risida xulosalar berish va shu turdagi boshqa xizmatlar ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanuvchi muassasa.
Sug‘urta kompaniyasi – sug‘urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya’ni 
sug‘urta hodisasi ro‘y bergan chog‘da sug‘urtalangan shaxsning zararlarini 
qoplash majburiyatini o‘ziga oluvchi tashkilot.
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Tadbirkorlik faoliyati korxona (firma) doirasida va individual tarzda 
yuz beradi. Firma tovar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi, u muayyan mulk 


 227
shakliga tayanadi, ishlab chiqaruvchilar jamoasi bo‘ladi, uning korporativ 
guruhiy manfaati mavjud, nihoyat u ixtisoslashgan bo‘ladi. Firmalarning uchta 
asosiy turi bo‘lib, bular xususiy, shirkat va davlat firmalaridir. 
2. Korxona (firma)lar o‘z maqsadiga erishish uchun iqtisodiy birlashmalar 
tashkil etadi. Bulardan asosiylari xolding, konglomerat, kartel va transmilliy 
korporatsiyalardir. Firmalarning jamoatchilik uyushmalari bo‘lib, bular 
tadbirkorlar ittifoqi, savdo-sanoat palatalari va turli biznesni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armalaridan tashkil topadi. 
3. Foyda olish maqsadida tadbirkorlikka qo‘yilgan mablag‘ kapital bo‘lib, 
bu individual yoki korporativ mulk hisoblanadi, tarkiban asosiy va aylanma 
kapitaldan iborat. Asosiy va aylanma kapital moddiy shakli, o‘z qiymatini 
o‘tkazishi, qaytadan tiklanish muhlati jihatidan farqlanadi, ularning nisbati 
ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi, uni serkapital, sermehnat yoki 
serashyoviy bo‘lishiga bog‘liqdir. 
4. Korxona (firma)ning o‘z biznesiga sarflagan kapitali uning joriy 
xarajatlariga aylanadiki, bu uning tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish 
uchun qilgan sarflaridan iborat, xarajat qilish foyda topishning shartidir. 
Xarajatlar tabiati jihatidan har xil bo‘ladi, miqdori ishlab chiqarish miqyosiga 
bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar doimiy bo‘lsa, miqdori bunga bog‘liq xarajatlar 
o‘zgaruvchandir. Firma uchun u yaratgan tovarlar va xizmatlar qanchaga 
tushishini ularning birligini yaratishga ketgan xarajatlar, ya’ni o‘rtacha 
xarajatlar belgilaydi. Qo‘shimcha ishlab chiqarish uchun ketgan qo‘shimcha 
xarajatlar marginal xarajatlar bo‘ladi. 
5. Korxona (firma) xarajatlari o‘zgarib turadi, bu esa resurslarning bozor 
narxiga, ularning naqadar tejalishiga, xarajatlar turlarining nisbatiga, nihoyat 
ishlab chiqarish ko‘lamiga bog‘liqdir. O‘rtacha xarajatlar miqdori mehnat 
unumdorligiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. 
6. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida erkinlik darajasiga qarab uch toifa 
korxona (firma) paydo bo‘ladi: 
davlat buyurtmasi saqlangan korxona; 
faqat bozorga ishlovchi korxona; 
ham buyurtma, ham bozor uchun ishlovchi korxona. 
9-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling