Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish. Iste’mol xarajatlarining
hajmi va tarkibi ko‘p jihatdan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlari va mazkur mahsulotlarning narxi bilan chambarchas bog‘liq. 1990-yilda eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdo tarmoqlaridagi taqchilligi aholining bu mahsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan edi. 1989-yilgi statistik 239 ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol bozorida aholi uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarning qariyb 95 foizi bo‘yicha uzilishlar bo‘lib turgan va bu sobiq Ittifoq hududida kundalik asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga kartochkalar orqali sotish tizimini joriy etishga sabab bo‘lgan edi. 1989-yili respublika statistika organlari tomonidan yurtimiz aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan rasmiy so‘rovlarda qatnashganlarning 89,3 foizi go‘sht mahsulotlarini yetarli darajada iste’mol qilmayotganini aytgan. Bu ko‘rsatkichlar sut mahsulotlari bo‘yicha 56,5 foizni, shakar bo‘yicha 55,3 foizni, qandolat mahsulotlari bo‘yicha 49,5 foizni, kartoshka bo‘yicha esa 17,5 foizni 1 tashkil etgan. O‘zbekistonda aholi soni 1990–2010-yillar mobaynida 38,2 foiz oshganiga qaramasdan, jon boshiga go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste’mol qilish 22,6 foizga ortdi, jumladan, sut va sut mahsulotlari 30,3 foiz, tuxum 42,3 foiz, sabzavot 2,2 barobar, kartoshka 1,5 barobar, meva 3,6 barobar va shakar 1,37 barobar o‘sdi. Ayni vaqtda iste’mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish hisobidan o‘zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste’mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o‘nlab barobar oshdi. Agar 1990-yilda iste’mol uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut mahsulotlarining qariyb 60 foizi, kartoshkaning 50 foizi, shakar, quruq sut va bolalar ozuqasi 100 foiz chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda yurtimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobidan aholining barcha asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘yicha (shakardan tashqari) ehtiyojini deyarli to‘liq ta’minlamoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling