Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Normal uzoq muddatli muvozanat


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Normal uzoq muddatli muvozanat – tarmoqda firmalar soni ko‘payishi 
va ishlab chiqarishning foydalanilayotgan omillari hajmining ortishi evaziga 
taklifning o‘sishi natijasida qaror topadigan muvozanat. 
Taklif qoidasi – ne’mat bahosi bilan uning taklifi kattaligi o‘rtasidagi 
bevosita aloqa. 
Talab qoidasi – ne’mat bahosi va talab kattaligi o‘rtasidagi teskari aloqa. 
Talab va taklif qoidasi – bozor bahosini shakllantirish orqali 
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaati muvozanatlashuvining 
obyektiv va qonuniy xususiyatini aks ettiruvchi qoida. 
Taklif – iqtisodiy subyektning bozorga muayyan miqdordagi ne’matlarni 
ishlab chiqarish va muayyan bahoda yetkazib berish istagi va imkoniyati. 
Bozor bahosi – talab va taklif hajmi teng bo‘ladigan va iste’molchilar 
ishlab chiqaruvchilar sotishni istagan miqdordagi tovar va xizmatlarni sotib 
olishi mumkin bo‘ladigan narx. 
Bozor mexanizmi – talab va taklifning dinamik o‘zaro ta’siri mexanizmi. 
Talab – iqtisodiy subyektning muayyan miqdordagi ne’matlarni muayyan 
bozor bahosida sotib olish istagi va imkoniyati. Talab – bu shunchaki ehtiyoj 
emas, balki to‘lovga qobil, pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Vahima talab – bozordagi shov-shuvga vahima ta’siri ostida sun’iy 
paydo bo‘ladigan va shiddat bilan ortib boradigan talabdir. Vahima talab 
odatdagi me’yordagi talabga nisbatan ortiq talab hisoblanadi. Bunday talab, bir
tomondan, aholi orasida mish-mishlar tarqatish va reklama vositasida muayyan 


 244
tovarga o‘ta yuqori baho berish orqali iste’molchi ruhiyatiga ta’sir etish yo‘li 
bilan, ikkinchi tomondan, tovarlarga bo‘lgan g‘oyat katta qiziqish, 
qimmatchilik va qahatchilik xavfi, pul almashish ehtimoli, har xil shov-shuvlar 
ta’sirida puldan tezroq qutulish va tovar zaxirasini ko‘paytirishga intilish 
oqibatida yuzaga keladi. Vahima talabni savdo ahli har xil mish-mishlar 
tarqatish orqali ham yuzaga keltiradi. Vahima talabning paydo bo‘lishi bozor 
narxini ko‘tarib yuboradi, tovarlar talashib olinadi, tovar talabi, taqchilligi 
g‘oyat kuchayib ketadi. Vahima talab iqtisodda uchrab turadigan hodisa. Lekin 
u o‘tkinchi tusga ega bo‘lib, uzoq davom eta olmaydi. Vahima talab 
tartibsizliklarni keltirib chiqarishga olib kelishi mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling