Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonun bugungi kunda eskirdi va zamon
3.1. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi
qonunining (2011-yil 6-yanvar) ahamiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari belgilangan «Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish» nomli 6- yo‘nalishi to‘g‘risida davlatimiz rahbari: «Hammamiz yaxshi tushu- namizki, bozor munosabatlarining asosi bo‘lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o‘ynaydi. Ammo, amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan holda, «Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo‘shish va birlashtirish bitiml- arini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir», ಥ deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida monopolistik faoliyatga qarshi siyosat yuritish, xususiylashtirish va xususiy sektorning jadal rivojlanishini ta’minlash milliy iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan edi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingach, iqtisodiyot sohalarida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, respublika iqtisodiyotining tuzilishi bosqichma-bosqich o‘zgara boshladi. Masalan, bundan o‘n besh yil avval monopolist korxonalar davlat reyestrida 4351 xil 257 mahsulot va xizmatlar turi bo‘yicha 827 ta xo‘jalik subyekti mavjud edi. O‘tgan davr mobaynida esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan turli tovar bozorlaridagi raqobat sharoitini o‘rganish yuzasidan doimiy ravishda tahlillar o‘tkazilib, ular asosida reyestrga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Natijada 2000-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda monopolist korxonalar soni 4 baravarga, monopol mahsulot va xizmatlar miqdori esa 12 baravarga kamaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 54,5 foizni, monopol mahsulot va xizmatlarning hissasi esa 19 foizdan sal ko‘proqni tashkil etayotgani ana shundan dalolat beradi. Konsepsiya talablaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Darhaqiqat, amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni moliyaviy xizmatlar bozorlaridagi raqobatni tartibga solish masalalarini «o‘z ichiga» olmagan. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur sohada raqobatga qarshi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan choralarni amalga oshirishga imkon bermas edi. 2011-yil 6-yanvarda Prezident Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni imzolandi. Ushbu qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ma’lumki, moliya bozori iqtisodiyotning eng asosiy qon tomiri hisoblanadi. Qonunning 4-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, iqtisodiy savodxonlikni oshirish maqsadida undan ayrimlarini keltiramiz: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling