Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Raqobat muhiti va strategiyasi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
3. Raqobat muhiti va strategiyasi
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini yuzaga keltirish va amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart- sharoitlar faqat bozor iqtisodiyoti munosabatlari qaror topgan muhitda yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish, raqobat muhitini yuzaga keltirish va uni rivojlantirish zaruriyati tug‘iladi. Ushbu masala 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Tovarlar bozorlaridagi monopolistik faoliyatni tiklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunda o‘z aksini topgan edi. Ushbu qonun asosan ikkita maqsadni ko‘zda tutadi. Birinchisi – mavjud va saqlanib qolayotgan monopol korxonalar tomonidan bozordagi hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va buning oldini olishni ko‘zlovchi avvalgi qabul qilingan korxonalardan tubdan farq qiluvchi yangi monopoliyaga qarshi tartibni ishga solish. Ikkinchisi – yanada muhimrog‘i – bu monopoliyadan chiqarish va sog‘lom sof raqobat muhitini yaratishdir. Raqobat muhitining shakllanishiga xususiylashtirish jarayoni samarali ta’sir qilishi uchun, bu tadbir katta korxonalarni raqobatga qodir alohida tizimlarga bo‘lish orqali monopoliyadan chiqarish bilan qamrab olib borilishi kerak. Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes raqobatni rivojlantirish omili, tadbirkorlarning mavjudligi esa, bozor rivojlani- shining asosiy shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. Ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to‘sqinlik qilayotgani doimo Prezidentning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Jumladan, sement, shifer, polietilen, yengil va yog‘-moy sanoati mahsulotlari va boshqa qator tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan cheklangan holda saqlanib qolayotgani davlatimiz rahbari tomonidan tanqid qilingani barchamizga ma’lum. Bu esa ana shu mahsulotlarga konyunktura talablari oshib ketgan 253 paytda monopolist korxonalarga o‘z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish uchun qo‘l kelmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov 2007-yilning fevralida Davlat monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi, Iqtisodiyot, Moliya va Adliya vazirliklari, Davlat soliq va Davlat bojxona qo‘mitalari, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga ana shu masalalarga doir ishlarning ahvolini o‘rganib chiqishlari, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng raqobat sharoitini ta’minlash borasida tegishli takliflar kiritishlari to‘g‘risida ko‘rsatma bergani iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirishning g‘oyat muhimligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplarining kuchayib borishi raqobatni cheklaydi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, davlatning monopoliyaga qarshi raqobatni rivojlantirish siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir davlat o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda aniq vaziyatni, iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakterli holati, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish hamda uni saqlab qolish zarur bo‘lganda, qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratadi. Rejali va buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan bizning mamlakatimizda sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirligi, iqtisodiy subyektlarning mustaqilligini kengayti- rish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilishga qaratilgan chora- tadbirlarining muhim jihatlari hisoblanadi. Mamlakatimizda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan holatda xususiylashtirish, davlat mulki hisobi mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirishda asosiy o‘rin tutadi. Birinchidan, xususiylashtirish natijasida beriladigan mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiy va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 80 foizdan ortig‘ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. Bu borada Prezident Islom Karimov: « Tan olishimiz kerakki, 1991-yilda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling