Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Raqobat muhiti va strategiyasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Raqobat muhiti va strategiyasi 
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini yuzaga keltirish va amal qilishi 
uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-
sharoitlar faqat bozor iqtisodiyoti munosabatlari qaror topgan muhitda 
yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga 
keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish 
jarayonida bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish, raqobat 
muhitini yuzaga keltirish va uni rivojlantirish zaruriyati tug‘iladi. Ushbu 
masala 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Tovarlar bozorlaridagi 
monopolistik faoliyatni tiklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunda 
o‘z aksini topgan edi.
Ushbu qonun asosan ikkita maqsadni ko‘zda tutadi. Birinchisi
mavjud va saqlanib qolayotgan monopol korxonalar tomonidan bozordagi 
hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va buning 
oldini olishni ko‘zlovchi avvalgi qabul qilingan korxonalardan tubdan 
farq qiluvchi yangi monopoliyaga qarshi tartibni ishga solish. Ikkinchisi 
yanada muhimrog‘i – bu monopoliyadan chiqarish va sog‘lom sof raqobat 
muhitini yaratishdir.
Raqobat muhitining shakllanishiga xususiylashtirish jarayoni 
samarali ta’sir qilishi uchun, bu tadbir katta korxonalarni raqobatga qodir 
alohida tizimlarga bo‘lish orqali monopoliyadan chiqarish bilan qamrab 
olib borilishi kerak. Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes raqobatni 
rivojlantirish omili, tadbirkorlarning mavjudligi esa, bozor rivojlani-
shining asosiy shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. 
Ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda 
yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, 
mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning 
pasayishiga hamon to‘sqinlik qilayotgani doimo Prezidentning diqqat 
markazida bo‘lib kelmoqda. Jumladan, sement, shifer, polietilen, yengil 
va yog‘-moy sanoati mahsulotlari va boshqa qator tovarlarga bo‘lgan 
ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan cheklangan holda saqlanib 
qolayotgani davlatimiz rahbari tomonidan tanqid qilingani barchamizga 
ma’lum. Bu esa ana shu mahsulotlarga konyunktura talablari oshib ketgan 


 253
paytda monopolist korxonalarga o‘z mahsulotining narxini asossiz 
ravishda oshirish uchun qo‘l kelmoqda.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov 2007-yilning fevralida Davlat 
monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi, Iqtisodiyot, Moliya va Adliya 
vazirliklari, Davlat soliq va Davlat bojxona qo‘mitalari, Savdo-sanoat 
palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga ana shu 
masalalarga doir ishlarning ahvolini o‘rganib chiqishlari, bir oy muddatda 
Vazirlar Mahkamasiga bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng 
raqobat sharoitini ta’minlash borasida tegishli takliflar kiritishlari 
to‘g‘risida ko‘rsatma bergani iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida 
monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini 
shakllantirishning g‘oyat muhimligidan dalolat beradi. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplarining kuchayib borishi 
raqobatni cheklaydi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga 
keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, davlatning monopoliyaga 
qarshi raqobatni rivojlantirish siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir davlat 
o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda aniq vaziyatni, iqtisodiyotning 
monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakterli holati, bu siyosat 
erkin raqobat muhitini yangidan yaratish hamda uni saqlab qolish zarur 
bo‘lganda, qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratadi. 
Rejali va buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlarda, shu jumladan bizning mamlakatimizda sog‘lom raqobatga 
shart-sharoit hozirligi, iqtisodiy subyektlarning mustaqilligini kengayti-
rish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilishga qaratilgan chora-
tadbirlarining muhim jihatlari hisoblanadi. 
Mamlakatimizda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga 
qaratilgan holatda xususiylashtirish, davlat mulki hisobi mulkchilikning 
boshqa shakllarini vujudga keltirishda asosiy o‘rin tutadi. Birinchidan,
xususiylashtirish natijasida beriladigan mulk o‘z egalari qo‘liga 
topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiy va raqobatchilik muhitini 
vujudga keltiradi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda yalpi ichki 
mahsulotning 80 foizdan ortig‘ini nodavlat sektor ta’minlamoqda. 
Bu
borada Prezident Islom Karimov: «
Tan olishimiz kerakki, 1991-yilda 
qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling