Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Raqobat va uning iqtisodiy mazmuni
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
1. Raqobat va uning iqtisodiy mazmuni
Raqobat bozor mexanizmida muhim o‘rinni egallaydi. Bozor mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni yangilikka undaydi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni talab qiladi. Moddiy resurslar mehnat resurslari insonlarning yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovar va xizmatlarni yaratuvchi sohalarga yo‘naltiradi. 246 Raqobat qonuni ham ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Global dunyoda raqobatda yutqazmaslik uchun ishlab chiqaruvchilar doimo yangilikni joriy etib boradilar, ular yangi texnologiyani kiritadilar, yangidan-yangi tovarlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif etish yo‘liga o‘tadilar. Raqobat (lotincha «sopsiggege» – qarama-qarshi, musobaqalashmoq ma’nolarida) – iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, muayyan maqsadlarga erishish uchun bitta bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan bir necha kompaniyalarning (xo‘jalik subyektlarining) kurashidir. Tovar va moliya bozorlari tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi davlat siyosati dastaklari orasida monopoliyaga qarshi raqobat siyosatini alohida ajratish mumkin. Raqobat bozor iqtisodiyoti va umumtovar xo‘jaligining eng muhim belgisini rivojlantirish usuli hisoblanadi. Prezident Islom Karimov raqobatni bozor iqtisodiyotidagi o‘rnini: «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir» 1 , – deb ta’kidlaydi. Raqobatsiz iqtisodiy taraqqiyot yo‘q, binobarin, farovonlikni ham oshirib bo‘lmaydi. Qayerda raqobat so‘nsa, shu yerda iqtisodiy turg‘unlik, retsessiya, hatto tanglik vaziyati paydo bo‘ladi, demak, farovonlikka erishish qiyinlashadi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshi daromad topish, o‘z mavqeini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyish etish, o‘z obro‘siga ega bo‘lishdir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining resurslarini (kapital, yer- suv, ish kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq foydaga ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ. – Ɍ., 2000. – Ȼ. 34. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling