Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan mahsulotlar bilan ta’minlanishi (har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni)
Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli. 1990-yili respublikamizda
nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol bozorida o‘ta taqchillik vujudga keldi. Aholining sifatli kiyim-bosh, poyafzal, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilishi imkoniyatlari cheklangan edi. Odamlarga mebel, gilam, muzlatgich, televizor va yengil avtomobillarni sotish ko‘pincha korxonalar orqali oldindan tuzilgan ro‘yxatlar asosida amalga oshirilar, bunday tovarlarni xarid qilish uchun esa bir necha yillab navbat kutishga to‘g‘ri kelar edi. Barcha turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 88 foizi chakana savdo tarmoqlarida katta uzilishlar bilan sotilardi. 1 Qarang: ɋɨɰɢɚɥɶɧɨɟ ɪɚɡɜɢɬɢɟ ɋɋɋɊ. – Ɇ., 1988. – ɋ. 145. 240 4-jadval Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan mahsulotlar bilan ta’minlanishi (har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni) 1990-yil 2000-yil 2010-yil Televizorlar 90 88 132 Muzlatkich va muzxonalar 80 86 99 Konditsionerlar 9 11 18,5 Elektr changyutgichlar 29 30 37 Personal kompyuterlar – 0,1 12 Fotoapparat va videokameralar 21 21 24 Videomagnitofon, videopleyer va DVD pleyerlar 1 31 64 Kir yuvish mashinalari 67 69 75 Mobil aloqa vositalari – 18 145 Avtomobillar soni o‘rtacha har 1000 nafar aholiga, birlikda 21,9 38,9 51,5 Avtomobillar soni o‘rtacha har 100 xonadonga, birlikda 11,9 20,1 27,1 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. Aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari, gazmollarning qariyb 40 foizi, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlarning 30 foizi chetdan olib kelinardi. Mustaqillik yillarida yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning ancha faol o‘sishi asosan 2000-yildan so‘ng, mamlakatimizda ularni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan shart-sharoitlar bosqichma- bosqich yaratila boshlangandan keyin kuzatildi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil avtomobillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlay oladi. Mamlakatimizda televizorlar, konditsionerlar va ekologik xavfsiz muzlatgichlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar tayyorlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida ham ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Agar 2000-yilga qadar o‘tish davrining obyektiv shart-sharoitlari 241 tufayli aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi va ta’minoti pasaygan bo‘lsa, so‘nggi o‘nyillikda bu boradagi ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari eskirgan va noqulay maishiy va elektrotexnika buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatdan eski buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda. Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo‘ldi. Bugun ularni xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda: raqamli televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo‘ldosh antennalari va mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuter va unga qo‘shimcha qurilmalar, noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa ro‘zg‘or ashyolari shular jumlasidan. Shunisi e’tiborliki, xonadonlarning zamonaviy maishiy va elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari yurtimizning barcha hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o‘sib bormoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan buyumlar bilan ta’minlanish bo‘yicha mamlakatimizda yuksak darajaga erishilgan. Buni har 100 xonadonga 132 ta televizor, 99 ta sovutgich, 64 ta DVD pleyer, 145 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi tasdiqlaydi. 1990-yilda o‘nta oiladan bor-yo‘g‘i bittasi shaxsiy avtomobilga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib har uchta oilaning bittasida avtomobil mavjudligi aholi farovonligi va moddiy ta’minlangani oshib borayotganini ko‘rsatadi. Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. O‘rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o‘sish dinamikasi, minimal iste’mol savati bilan qiyoslaganda, hozirgi paytda 7,2 barobar oshdi. Modernizatsiya strategiyasi iqtisodiyotimizni yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish natijasida aholining mustaqillik yillarida yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish pirovard natijada xalqimiz farovonli- gini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu o‘rinda mamlakatimiz va mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, gazni qayta ishlash, neft-kimyo, energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoat- 242 lari, mashinasozlik, farmatsevtika kabi zamonaviy sohalar, ishlab chiqarish tarmoqlarini va albatta, axborot texnologiyalari va telekommu- nikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda, yaqin kelajakda raqamli va keng o‘lchamli televideniyega o‘tish rejalashtirilgan. Shular qatorida birinchi navbatda yengil, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatida paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqoridagilarning barchasi mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali aholining ommaviy farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, farovonlik ta’minlangan joyda tinchlik osoyishtalikka zamin tayyorlanadi. O‘rtacha mulkdorlar sinfiga oid qatlam miqdori ko‘payadi, ijtimoiy zo‘riqishning oldi olinadi. Ishsizlar soni minimal darajaga tushiriladi va bu jinoyat- chilikning kamayishiga olib keladi. Oqibatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat yuki kamayadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling