Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish. Iste’mol xarajatlarining 
hajmi va tarkibi ko‘p jihatdan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini 
xarid qilish imkoniyatlari va mazkur mahsulotlarning narxi bilan 
chambarchas bog‘liq. 1990-yilda eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarining 
chakana savdo tarmoqlaridagi taqchilligi aholining bu mahsulotlarni sotib 
olish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan edi. 1989-yilgi statistik 


 239
ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol bozorida aholi uchun zarur bo‘lgan barcha 
mahsulotlarning qariyb 95 foizi bo‘yicha uzilishlar bo‘lib turgan va bu 
sobiq Ittifoq hududida kundalik asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga 
kartochkalar orqali sotish tizimini joriy etishga sabab bo‘lgan edi. 
1989-yili respublika statistika organlari tomonidan yurtimiz aholisi 
o‘rtasida o‘tkazilgan rasmiy so‘rovlarda qatnashganlarning 89,3 foizi 
go‘sht mahsulotlarini yetarli darajada iste’mol qilmayotganini aytgan. Bu 
ko‘rsatkichlar sut mahsulotlari bo‘yicha 56,5 foizni, shakar bo‘yicha 55,3 
foizni, qandolat mahsulotlari bo‘yicha 49,5 foizni, kartoshka bo‘yicha esa 
17,5 foizni
1
tashkil etgan. O‘zbekistonda aholi soni 1990–2010-yillar 
mobaynida 38,2 foiz oshganiga qaramasdan, jon boshiga go‘sht va go‘sht 
mahsulotlari iste’mol qilish 22,6 foizga ortdi, jumladan, sut va sut 
mahsulotlari 30,3 foiz, tuxum 42,3 foiz, sabzavot 2,2 barobar, kartoshka 
1,5 barobar, meva 3,6 barobar va shakar 1,37 barobar o‘sdi. Ayni vaqtda 
iste’mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol 
qilish hisobidan o‘zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni 
(birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste’mol qilishning 
barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida 
aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni
turi o‘nlab barobar oshdi. Agar 1990-yilda iste’mol uchun zarur bo‘lgan 
g‘allaning 82 foizi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut 
mahsulotlarining qariyb 60 foizi, kartoshkaning 50 foizi, shakar, quruq sut 
va bolalar ozuqasi 100 foiz chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 
yurtimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobidan aholining barcha 
asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘yicha (shakardan tashqari) ehtiyojini 
deyarli to‘liq ta’minlamoqda. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling