243
11. Talabning narxga bog‘liqligini tushuntiring.
12. Daromadning ortishi past toifadagi tovarlar talabini o‘zgartirishini
sharhlab bering.
14. Talabning harakati va xarakteri jihatidan qanday turlari bor?
15. Taklifning o‘zgarib turishi qanday omillar ta’sirida sodir bo‘lishini
tushuntirib bering.
16. Soliqlarning ortishi yoki kamayishi taklifga qanday ta’sir o‘tkazadi?
17. Qanday resurslarga jahon bozorida talab ortib borayotganini izohlang.
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Qisqa muddatli muvozanat – tarmoqda firmalar soni o‘zgarmay qolgan
sharoitda tovarlar taklifi o‘sib boradigan muvozanat.
Oniy muvozanat – tovarlar taklifi o‘zgarmay qoladigan muvozanat.
Bozor muvozanati mexanizmi – talab va taklif hajmi muvozanatda
bo‘lgan sharoitda obyektiv bozor bahosi o‘rnatilishiga olib keladigan
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar
raqobatining mexanizmi; talab va
taklifning belgilangan (statik) darajalarida bozor bahosi shakllanishining
mexanizmi.
Do'stlaringiz bilan baham: