Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Daromad effekti – bahoning iste’molchi boyligi yoki real daromadining 
darajasi bilan aloqadorligini ifodalovchi effekt. 
O‘rnini bosish effekti – tovarlarning nisbiy bahosi bilan iste’molchi 
talabining hajmi. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Talab xaridorlarning bozordagi tovarlarni muayyan narxda xarid etishga 
shay bo‘lishlaridir. Talab asosida ehtiyoj yotadi, lekin buni bozorda talabga 
aylanishi uchun xaridorning tovarlarni sotib olishga puli yetarli bo‘lishi kerak. 
Aks holda ehtiyoj talab hosil etmaydi. Ayrim xaridorning talabi individual 
talab bo‘lsa, jami xaridorlarning talabi bozor talabi bo‘ladi. 
2. Talabga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajraladi: a) narxlar. Bu 
muayyan paytdagi aniq bir tovar narxi, o‘rinbosar tovarlar narxi va o‘zgarishi 
kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki qisqartirishi mumkin; b) 
xaridorning pul daromadi yoki xarid qurbi. Narx o‘zgarmagan holda daromad 
oshsa, talab ko‘payadi, aksi bo‘lsa talab kamayadi; c) xaridorning qaysi tovarni 
afzal ko‘rishi, bu uning didiga va xohishiga bog‘liq. Narx va daromadni 
xaridor o‘z bilganicha o‘zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda 
xaridor o‘zi afzal ko‘rgan tovarga talab bildiradi. 
3. Talab qonuni – bozor qonuni. Unga binoan tovarlarga talab ularning 
narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Bu qonunning naqadar amal 
qilishini talabning narxiga bog‘liq elastikligi, ya’ni narx o‘zgarishiga javoban 
talabning qanday darajada o‘zgarishi ifoda etadi. Bozorga elastik talab xos 
bo‘ladi, bunda narx o‘zgarishiga nisbatan talab ko‘proq o‘zgaradi. 
4. Narxdan tashqari talabga xaridor daromadlari ham ta’sir etadi, biroq 
buni talab qonuni ifoda etmaydi. Daromadning talabga ta’siri uning samarasi 
bo‘ladi. Narx o‘zgarmagan sharoitda talab daromadga nisbatan to‘g‘ri 
mutanosiblikda bo‘ladi. Talabning daromadga bog‘liq elastikligi ham borki, 
bunda talab daromaddan jadalroq o‘zgaradi. 


 245
5. Talabni tovarning qadr-qiymati ham belgilaydi, bu esa tovar 
nafliligining uning narxiga nisbatan qiyoslanishidir. Naflilik tovarning 
ehtiyojni qondira olish xususiyati bo‘lib, buni xaridorlar subyektiv 
baholaydilar. Shunga ko‘ra tovarni afzal ko‘rish paydo bo‘ladiki, bu ham 
talabni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiyotda marginal (cheklangan) naflilik qonuni 
amal qiladi, unga binoan bozordagi talab qondirilgan sari so‘nggi qo‘shimcha 
tovarlar nafliligi pasayib boradi. Naflilikning pasayishi talabni qisqartiradi, 
bozor talabiga javob berish uchun nafliligi yuqori tovarlarni ishlab chiqarishga 
o‘tish zarur bo‘ladi. 
6. Talabga taklif peshvoz chiqadi. Tovarlar taklifi – bu muayyan narx 
amal qilganda tovarni sotish uchun bozorga qo‘yilishidir. Muayyan tovarni 
ayrim ishlab chiqaruvchining taklif etishi bu individual taklifdir. Ana shunday 
tovarni barcha ishlab chiqaruvchilar taklif etishi bozor taklifi hisoblanadi. 
7. Bozorda taklif qonuni ham amal qiladi, unga binoan taklif narxga 
nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Mazkur qonunning amal qilishini 
taklif elastikligi, ya’ni taklifning narxga javoban naqadar o‘zgarishi bildiradi. 
Bozorga elastik taklif xos bo‘ladi, bu taklifning narxga nisbatan tezroq 
o‘zgarishini bildiradi. 
8. Taklifga sotishga qo‘yilgan tovarlar narxidan tashqari boshqa omillar 
ham ta’sir etadi, lekin buni taklif qonuni taqozo etmaydi. Bular jumlasiga 
resurslar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, davlat ishlab chiqaruvchilardan 
oladigan soliq va ularga beradigan subsidiyalar (yordam puli), narxlarning 
o‘zgarish ehtimoli, o‘zga tovarlar narxi, qo‘shimcha resurslar va ishlab 
chiqarish quvvatlarining bo‘lish yoki bo‘lmasligi kiradi. Mazkur omillar 
taklifga turli yo‘nalishda va har xil kuch bilan ta’sir etadi va shunga bog‘liq 
holda taklif o‘zgaradi. 
9. Ehtiyojlarning o‘z vaqtida qondirilmasligi iste’molchilarni stress 
(tushkunlik)ga soladi. Oqibatda salbiy hodisalar (o‘g‘rilik, bosqinchilik kabi 
jinoyatlar) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
10- MAVZU. BOZOR TIZIMIDA RAQOBAT

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling