244
tovarga o‘ta yuqori baho berish orqali iste’molchi ruhiyatiga ta’sir etish yo‘li
bilan,
ikkinchi tomondan, tovarlarga bo‘lgan g‘oyat katta qiziqish,
qimmatchilik va qahatchilik xavfi, pul almashish ehtimoli, har xil shov-shuvlar
ta’sirida puldan tezroq qutulish va tovar zaxirasini ko‘paytirishga intilish
oqibatida yuzaga keladi. Vahima talabni savdo ahli har
xil mish-mishlar
tarqatish orqali ham yuzaga keltiradi. Vahima talabning paydo bo‘lishi bozor
narxini ko‘tarib
yuboradi, tovarlar talashib olinadi,
tovar talabi, taqchilligi
g‘oyat kuchayib ketadi. Vahima talab iqtisodda uchrab turadigan hodisa. Lekin
u o‘tkinchi tusga ega bo‘lib, uzoq davom eta olmaydi. Vahima talab
tartibsizliklarni keltirib chiqarishga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: