Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Moliya bozori – banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga
moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir 259 qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Mazkur bozorda hozirgi kunda yuzlab subyektlar faoliyat yuritib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida moliya tizimining barqarorligini ta’minlash ushbu sohada raqobatni rivojlantirishdan ustun hisoblangan. Bugungi kunga kelib esa, mazkur tizimda sog‘lom raqobat muhiti shakllangan va unda raqobatga qarshi harakatlar hamda qayta monopollashuvning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, moliya tizimida monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmini joriy etish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Moliya bozorlarida raqobatni ta’minlash bo‘yicha yangi qonun loyihasida ko‘pgina me’yorlar ko‘zda tutilgan. Xususan, amaldagi qonunda «bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar», «insofsiz raqobat», «kamsituvchi shartlar (sharoitlar)», «noto‘g‘ri taqqoslash» va hokazo. Prezidentimizning 2008-yil 18- noyabrdagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorli- gini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlarining hajmi 10 barobardan ziyodga ko‘tarildiki, bu ham aksiya va ulushlar sotib olish bo‘yicha bitimlarda investor va uning qiymati amaldagi qonunda belgilangan eng yuqori me’yordan sezilarli darajada ortishini ta’minlamoqda. Yangi qonunning qabul qilinishi yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishga, raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga, ushbu sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini aniqlashtirishga, tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni bartaraf etish hamda oldini olish bo‘yicha huquqiy vositalarni yangilashga xizmat qiladi. Yuqori likvidli, jumladan, tovar bozorida ustun mavqega ega korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning birja savdolari rivojlanishi bilan monopol yuqori narx tavsifiga yondashuv ham o‘zgaradi. Xususan, qonun loyihasida birja savdolari natijasida vujudga kelgan narx monopol yuqori hisoblanmasligi nazarda tutilgan. Yangi qonunda yuqorida keltirilgan umumiy tavsiflarni aniqlashtirish bilan bir qatorda, yangi tushunchalar ham kiritildi. Shuningdek, unda «ustun mavqe»ni tavsiflash prinsipi, subyektning tovar va xizmatlar bozoridagi ustun mavqei, mezonlarini aniq va puxta belgilash hamda bozor ulushi hajmini qisqartirish yo‘li bilan o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, monopoliyaga qarshi qonunchilikning yo‘nalishlaridan biri, bu – bozor subyektining xo‘jalik faoliyatini yuritishiga ta’sir 260 ko‘rsatish yo‘li bilan tovar bozorlarining monopollashuviga va raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xo‘jalik subyektining ustav fondida shaxs yoki shaxslar guruhining ustunlik darajasi oshishiga olib keluvchi qo‘shilish, qo‘shib yuborish, aksiyalarni, mulkiy huquqlarni sotib olish va boshqa bitimlarni (harakatlarni) tartibga soluvchi yangi bob kiritildi. Shuningdek, xo‘jalik subyektlariga nisbatan ma’muriy og‘irlik- larni qisqartirish maqsadida aktivlarning balans qiymati oshirildi. Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek, mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobat- doshligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur. Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati, avvalo, shu bilan belgilanadiki, biz o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o‘z oldimizga qo‘yganmiz. O‘z-o‘zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o‘rtaga qo‘yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo‘yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog‘liq, albatta. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni moder- nizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012–2016-yillarda hisob-kitoblar 261 bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Masalan, 2012-yilda Surg‘il koni bazasida hatto dunyo mezonlari bo‘yicha ham noyob bo‘lgan, qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshlandi. Mazkur obyektning qurilishi 2016-yilda nihoyasiga yetkaziladi va bu korxona 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. Ushbu loyiha texnologik jihatdan dunyodagi eng ilg‘or loyihalardan biri bo‘lib, eng yuksak darajadagi gaz-kimyo texnologiyalarini joriy etishni ko‘zda tutadi. Bu, o‘z navbatida,tabiiy gazdan 97 foizgacha etan, propan va boshqa qimmatbaho komponentlarni ajratib olishni ta’min- laydi. Mazkur loyihada yetakchi xorijiy banklar konsorsiumi, davlat kafolatlarini jalb etmagan holda, loyihalarni moliyalashtirish prinsiplari asosida ishtirok etmoqdalar. Dunyodagi yirik «Tomson Reyter» biznes-axborot agentligining moliya sohasidagi jahonga mashhur «Projekt faynens interneshnl» jurnali ushbu loyihaning noyobligi va ishga novatorlik bilan yondashish natijasi ekanini qayd etib, Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishini neft- gazkimyo sanoatidagi yilning eng yaxshi loyihasi, deb tan oldi. Bu, hech shubhasiz, barchamizni ertangi kunga ishonchimizni yanada mustah- kamladi. 2012-yilda Janubiy Afrikaning «Sosol» kompaniyasi va Malayziya- ning «Petronas» korporatsiyasi bilan hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan, tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha katta istiqbolga ega bo‘lgan yirik loyihani amalga oshirish boshlandi. Ushbu loyiha asosida barpo etiladigan zavod dunyodagi sanoqli korxonalardan biri bo‘lib, u sintetik suyuq yoqilg‘i – suyultirilgan gaz, aviakerosin va «premium klass» toifasidagi, ya’ni Yevro-4 standartidan kam bo‘lmagan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqaradi. Hozirgi kunda «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qiymati 186,0 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Shular qatorida zarurat va ehtiyoj baland bo‘lgan turli tayyor mahsulotlarni va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, shuningdek, 262 yangi shakar zavodini qurish, tayyor charm buyumlar ishlab chiqaradigan kompleksni barpo etish alohida o‘rin tutadi. Aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu jamg‘arma kapitali 9 milliard dollardan oshib ketdi. 2012-yilda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmoqlarida 758 million dollardan ziyod hajmdagi 29 ta strategik investitsiya loyihasini birgalikda moliyalash mo‘ljallanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 38,2 foizga ko‘p, demakdir. Vazirlar Mahkamasi strategik ahamiyatga molik loyihalarning amalga oshirilishini alohida nazoratga olishi, loyiha-smeta hujjatlarining puxta ishlanishini, tanlov savdolarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini, zarur asbob-uskunalarning yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzilishi hamda qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlashi zarur. Hukumatning chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarida qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini va moderni- zatsiyalash bo‘yicha tarmoq dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosi ta’minlanishini ko‘rib chiqish va ularning bajarilishi uchun o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish tartibini joriy etish darkor. O‘tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoq- larida o‘tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‘tgan zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi. Vazirlar Mahkamasiga ushbu audit natijalari asosida moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan asbob- uskunalarni yangilash bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq manbalariga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‘z yuritar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‘nalishda eskidan qolgan va hali-beri ro‘y berib kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon bo‘lmoqda. Muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emas. Umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar to‘planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga 263 mosligini ta’minlashni barcha korxonalarda ham hal etish masalasi ko‘rilmoqda. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling