266
Demping – tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon
narxda
sotish; tashqi bozorni egallash uchun tovar ba’zan ishlab chiqarish
xarajatlaridan past baholarda chetga chiqariladi.
Duopoliya – bozorda ikkita oligopol firma bir-biri bilan raqobat qiladigan
vaziyat.
Narx hosil bo‘lishida yetakchilik – oligopol
bozorlardagi narx
yetakchisiga qolgan oligopoliyalar roziligi bilan tarmoq narxlarini belgilashda
yetakchilik roli beriladigan hodisa.
Kurno modeli – har bir firma o‘z raqobatchisining ishlab chiqarish
hajmini doimiy deb hisoblaydi va shunday keyin ishlab chiqarish hajmi bo‘-
yicha o‘z qarorini
qabul qiladi, degan taxminga asoslanadigan duopoliya xatti-
harakatining modeli; ishlab chiqarish hajmining muvozanatlashgan darajasi
ikkala firma reaksiyasi o‘zgaruvchilarining kesishgan nuqtasiga mos keladi.
Monopolistik raqobat – tarmoqda garchi bir xil bo‘lsa-da, ammo
«markali», shu bois monopol mahsulot ishlab chiqaradigan ko‘plab raqobatchi
firmalar faoliyat ko‘rsatadigan bozor vaziyati.
Do'stlaringiz bilan baham: