Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish –
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
- MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish – monopoliyaga
qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot bermaslik yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni bila turib, taqdim qilish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 268 Monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organning qonun-qoidalarni buzishni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki ularni o‘z vaqtida bajarmaganlik, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud tuzatish ishlari bilan jazolanadi (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 183-modda). Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. Raqobat iqtisodiyot subyektlari manfaati to‘qnashgan sharoitda ular o‘rtasida yuz beradigan kurashdir. Bu kurash raqobat qonuniga ko‘ra muqarrar bo‘ladi, bozorga xos usullarda yuz beradi, iqtisodiyot subyektlarining saylanib olinishini keltirib chiqaradi. Raqobatlashuv usullari narxni o‘zgartirish, tovar sifatini oshirish, servisni yaxshilash va reklamani o‘tkazishdan iborat. 2. Raqobat maydoni bozor, biroq turli bozorlarda raqobat ishtirokchilari har xil bo‘ladi, ularning raqobatdan ko‘zlagan maqsadi ham turlichadir. Bir bozorda ishlab chiqaruvchilar-sotuvchilar kurashsa, boshqa bozorda iste’molchilar bellashadi, yana boshqa yerda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar raqobatlashadi. 3. Erkin bozorda mukammal raqobat yuz beradi, bu sof raqobat hisoblanadi, chunki raqobat hech bir cheklanmagan bo‘ladi, unda ko‘pchilik ishtirok etadi, ularning raqobati narx vositasida bo‘ladi. Erkin bozorda uning hech bir ishtirokchisi narxga ta’sir eta olmaganidan uni borligicha qabul qilib, shunga ko‘ra ish tutadi. Bu yerda narx marginal xarajatlarga yaqin turadi, biroq kurash jarayonida u o‘zgartiriladi. Erkin bozor ochiq bo‘lganidan bu yerga kirib kelish va undan chiqib ketish mumkin, shu sababli raqobat so‘nmaydi. Biroq foyda topilganda bu bozorga kiriladi, zarar ko‘rilganda undan chiqiladi. Mukammal raqobat ishlab chiqarishdan ham ishlab chiqaruvchilarni, ham iste’molchilarni manfaatdor qiladi, chunki ishlab chiqarish yutug‘ini ular baham ko‘rishadi. 4. Nomukammal raqobat ishtirokchilari ozchilik bo‘lgan va cheklangan tarzda yuz beradigan, monopoliyalarga xos raqobatdir. Buning asosiy ko‘rinishi monopol va oligopol raqobatdir. Monopol raqobatli bozorda ko‘pchilik firmalar sifat, servis, reklama va tovar belgilari vositasida kurashadilar. Bu yerda erkin bozordagidan yuqori, ya’ni marginal xarajatdan yuqori bo‘lgan narxlar amal qiladi. Bu bozor ochiq, lekin unga kirib o‘rnashib olish uchun katta kapital kerak, binobarin, bu raqobatni cheklaydi. Oligopoliya bozorida g‘oyat yirik va ozchilikdan iborat kompaniyalar sifat va servis vositasida raqobatlashadilar, ular narxni kelishgan holda, marginal 269 xarajatdan ancha yuqori qilib o‘rnatadilar. Bu bozorga kirib raqobatlashuv juda qiyin, lekin buning uddasidan ulkan firmalar chiqa oladilar. Sof monopoliya bozorida tovar taklifi yakka-yu yagona firma qo‘lida bo‘lganidan uning raqibi bo‘lmaydi, biroq bu firma resurslar bozorida raqobatlashadi. Bu yerda bozor konsentratsiyasi kuchli bo‘lganidan bozor hokimiyati hosil bo‘ladi va bu bozor narxiga ta’sir etish miqyosi bilan aniqlanadi. Bozor hokimiyati koeffitsiyenti amaldagi narxlarning marginal xarajatdan naqadar yuqori bo‘lishini bildiradi. Monopsoniya bozorida xaridor yagona bo‘lganidan ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar uning pulini olish uchun kurashadilar. Raqobat turlari sof holda kamdan-kam uchraydi, ular yonma-yon turadi, hatto chirmashib ham ketadi. 5. Raqobat muqarrar bo‘lganidan firmalar unga oid strategiyasini ishlab chiqadi. Bunda bozorda o‘zini qanday tutish, raqobatga borish yoki til biriktirib, unga bormaslik yo‘li aniqlanadi. Raqobatga borilganda o‘z tovarlarining raqobatbardoshligiga, ya’ni uning xaridorlarga ma’qul bo‘lishiga asosiy e’tibor beriladi, strategiyada raqobatlashuv usuli ham belgilanadi. 6. Bozor tizimiga raqobatchilik muhiti xos bo‘ladiki, bu iqtisodiy erkinlikdan boshqa narsa emas. Buni ta’minlashda davlat faol qatnashadi. Xususiy mulk va iqtisodiy erkinlik qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, raqobatchilarning bozorga kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratiladi, davlat mulki xususiylashtiriladi. Raqobatchilikni ta’minlab turish uchun davlat antimonopol siyosat qo‘llaydiki, bunga binoan yangi monopoliyalarning hosil bo‘lishining oldi olinadi, eski monopoliyalar jilovlab turiladi, kompaniyalar qo‘shilib monopoliya hosil etishi taqiqlanadi, saqlanib qolgan monopoliyalar narxi nazorat qilinadi. 7. Raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni saqlashda davlatning roli. Davlat iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l tutishni talab qiladi, chunki busiz raqobatlashish vaziyati paydo bo‘lmaydi. Bu nazarda tutilib O‘zbekistonda Monopolistik faoliyatni cheklashga oid huquqiy kafolatlar yaratildi. Huquqiy kafolatlarga ko‘ra: bozorda sun’iy taqchillikni hosil etish; narxlarni monopollashtirish; raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish; raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. 8. Jenevada o‘tkazilgan jahon iqtisodiy forumidagi ma’ruzada mamlakatlarning raqobatbardoshliligiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar deb belgilangan edi: ichki mikroiqtisodiy salohiyat; boshqaruv darajasi (foydaliligi, javobgarligi va yangiliklarni kiritish nuqtai nazaridan); ilmiy-texnik salohiyat (fundamental va aniq fanlar izlanishlarining muvaffaqiyatliligi jihatidan); 270 xalqaro savdoda qatnashishi va investitsiyaning oqimi darajasi; raqobat muhitini shakllantirishga hukumat siyosatining ta’siri darajasi; moliya tizimining sifati va samaradorligi; infratuzilma ahvoli; mehnat resurslarining holati va kvalifikatsiyasi. 9. Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g‘oyat ahamiyatlidir. Respublikamizda sog‘lom raqobat muhitini yaratishga mustaqillikning dastlabki yillaridayoq alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining antimonopol qonunchiligi: – «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun (2011-y). Unda bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatga to‘sqinlik qilish va uning g‘irrom usullarini qo‘llash taqiqlanadi; – «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizom» (1994-y). Unda o‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki mayda- lashtirish ko‘zda tutiladi; – «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun (1996-y). Qonunda belgilanishicha, g‘irrom raqobat va bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarish taqiqlanadi. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshiruvchi muassasalar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2010-yil 26-fevraldagi farmoniga muvofiq, monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlarini faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. 11- MAVZU. MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling