Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1-jadval 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga 
 aylangan tarmoqlar 
Lokomotiv tarmoqlar
foizda 
Mashinasozlar va avtomobilsizlik 
12,2 
Kimyo va neft-kimyo sanoati
9,4
Oziq-ovqat sanoati 
13,1
Qurilish materiallari sanoati 
11,9 
Farmatsevtika va mebelsozlik
18,0
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydala-
nish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Bu 
ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish masalasidir. Buning 
uchun so‘nggi yillarda katta mablag‘ sarflanmoqda. Ko‘p miqdordagi 
xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda. Qator tarmoqlarda ishlab chiqarish 
quvvatlaridan, asosiy fondlardan to‘liq foydalanishda, mehnat 
samaradorligini oshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik choralari 
qo‘yilmoqda. Shu bois, mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o‘sib 
ketishining oldi olinmoqda.
Mamlakatimizda samarali iqtisodiyotni barpo etish maqsadida 
quyidagi masalalarga 2012-yilning 19-yanvarida bo‘lib o‘tgan Vazirlar 
Mahkamasining yig‘ilishida katta e’tibor qaratildi. Bular: 
birinchidan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, 
kompaniya va korxonalar ishtirokida sanoatda mahsulot tannarxini 10–15 
foizga pasaytirish yuzasidan har bir sanoat korxonasi bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan dastur ishlab chiqish lozimligi; 
ikkinchidan, mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‘jaligi xom 
ashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish 
bo‘yicha mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning 
qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
iste’mol tovarlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, buning 
uchun qo‘shimcha imtiyozlarni ko‘zda tutadigan maxsus qaror qabul 
qilish kerakligi. Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xom ashyo va 


 264
materiallar asosida sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish tizimini yanada rivojlantirishga oid ishlarni davom 
ettirishga alohida e’tibor qaratish darkorligi; 
uchinchidan, bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning 
jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin 
egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko‘rib chiqish 
lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab 
chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni 
rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiya-
lar berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarurligi; 
to‘rtinchidan, mamlakatimizdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab 
chiqaradigan sanoat korxonalari va boshqa tarmoqlarning eksport 
yarmarkalari o‘tkazishini kengaytirish, shuningdek, mahsulot sotishning 
zamonaviy usullaridan keng foydalanish, asosiy ishlab chiqaruvchi-
larimizni o‘z mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish va yangi eksport 
shartnomalari tuzishi uchun nufuzli xalqaro yarmarkalarga jalb etish 
bo‘yicha alohida hukumat qarorini qabul qilish lozimligi davlatimiz 
rahbari Islom Karimov tomonidan vazifa etib belgilangan
1
.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan 
barcha izchil chora-tadbirlar tizimi mamlakatimizda raqobat muhitini 
yaratishga zamin ta’minlaydi. Bozor tizimidagi raqobat iqtisodiy 
resurslarni tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlarni ko‘plab va sifatli 
ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, xo‘jalik yuritishning eng samarali 
usullarini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga 
undaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni 
eng avvalo iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, bu esa o‘z navbatida raqobat 
maydonini kengaytirishga, muhimi sog‘lom yangi raqobatchilarni yuzaga 
keltiradi. Chunki hozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar 
hamda fermerlar harakati safi kengayib bormoqda. Bugungi tadbirkorlar 
raqobatda qo‘li baland kelishi uchun ilg‘or texnologiyadan samarali 
foydalanishga qodir bo‘lgan malakali ishchilar va mutaxassislarni jalb 
etishdan manfaatdordirlar. Raqobat oila a’zolarining faolligini ham 
yuzaga chiqaradi. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi oilalar soni 
kundan- kunga ortib bormoqdaki, bu ham raqobat muhitini yaratishga 
xizmat qiladi. Raqobatda bozor xo‘jaligiga xos iqtisodiy saralanib olish 
tamoyili amal qiladi. Raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan 
mustahkamlanadi. Yutqazganlar nochor korxona hisoblanib xonavayron 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. 2012 ɣɢɥ ȼɚɬɚɧɢɦɢɡ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɧɢ ɹɧɝɢ ɛɨɫԕɢɱɝɚ
ɤʆɬɚɪɚɞɢɝɚɧ ɣɢɥ ɛʆɥɚɞɢ. – Ɍ., 2011. – Ȼ. 19–21.


 265
bo‘ladi ya’ni bankrotga uchraydi. Davlat sog‘lom raqobat muhitini 
yaratishdan manfaatdor. Chunki qayerda raqobat munosib o‘rin egallasa, 
shu yerda iqtisodiy o‘sish yuz beradi. Xalq farovonligi darajasi yangi 
bosqichga ko‘tariladi. 
Muxtasar qilib aytganda, mazkur qonun raqobat sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soluvchi, hozirgi kunda ko‘pgina alohida qonunosti 
hujjatlaridan iborat bo‘lgan me’yorlarni jamlab, yaxlit shaklga keltirishga 
xizmat qiladi. Bu esa, mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarda 
oshkoralikni ta’minlab, raqobat muhitini yanada sog‘lomlashtiradi. 
Sog‘lom raqobat esa rivojlanish garovidir. Raqobatlashish muhitining 
vujudga kelishi va uni saqlashda davlatning roli beqiyosligini ta’kidlash 
joiz. Davlat iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l 
tutishni talab qiladi, chunki busiz raqobatlashish vaziyati paydo 
bo‘lmaydi. Bu nazarda tutilib, O‘zbekistonda «Raqobat to‘g‘risida»gi 
yangi qonunga ko‘ra: 
bozorda sun’iy taqchillik hosil etish; 
narxlarni monopollashtirish; 
raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik 
qilish; 
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling