Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Moddiy javobgarlik korxona va tashkilotlar, shuningdek, ayrim 
mansabdor shaxslar zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun 
yuklatiladigan mas’uliyatdir. Moddiy javobgarlik jarimalarda, penyalarda, 
ya’ni aybnoma (neustoyka) ko‘rinishlaridan biri. Moliya va to‘lov 
intizomini buzuvchilarga, shuningdek shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni 
bajarish muddatini kechiktirib yuborganlarga qarshi pul jarimasi shaklida 
qo‘llaniladigan jazo chorasidir. 
«Neustoyka» – burdsizlik (lafzsizlik) to‘lovi, ya’ni majburiyatlar 
(shartnomalar, qonunlar) bajarilishini ta’minlash usullaridan biri. Qarzdor 
o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani uchun 
kreditorga to‘laydigan pul summasi. 
Intizomiy javobgarlik xizmat burchlarini buzish, suiiste’mol qilish 
natijasida kelib chiqadi. Bunda jazo quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: 


 278
tanbeh; 
hayfsan; 
muayyan muddatga maoshi pastroq ishga o‘tkazish; 
muayyan muddatda pastroq vazifaga, lavozimga o‘tkazish va 
hokazo. 
Ma’muriy javobgarlik – bu yuridik javobgarlik turi bo‘lib, vakil 
qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga 
nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashida ifodalanadi. Bunday jazolar 
turli-tuman sanksiyalarda – nachyotlar (qaytarib olinishi lozim bo‘lgan 
xarajat), jarimalar va boshqa ko‘rinishda bo‘ladi. 
2. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy
asoslari va tamoyillari 
O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy 
prinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. 
Ammo Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb 
etgan, bunga Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari yorqin misol bo‘la 
oladi. 
«Temur tuzuklari» jahonga mashhur asardir. Uning qo‘lyozma 
nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, 
Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Armaniston, 
O‘zbekiston va boshq.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan 
iborat. Birinchi qism Amir Temurning davlat barpo etish, uni har jihatdan 
mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish borasida 
tatbiq etgan «tuzuklari» va rejalaridan iborat bo‘lib, unda hatto 
qo‘shinning jangovar saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali 
ko‘rsatib berilgan. 
Asar o‘n uch qism (kengash)dan iborat. Uning ikkinchi bobida 
sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va 
dushman lashkarini yengish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga 
oshirgan ishlari ifodalangan. Muallifining fikricha, har qanday toj sohibi 
davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda 
boshqarishi lozim. Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va 
viloyatlardagi noiblarning roli benihoya katta bo‘lgan. Shuning uchun 
ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalariga tayinlash ishiga alohida 
ahamiyat bergan. Ular sohibqironning fikricha, sadoqatli, axloqan pok, 
adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo‘lishi zarur. 
Temurning fikricha, masalan, vazirlar to‘rt sifatga ega bo‘lishlari shart: 1) 


 279
asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik; 2) aqlu farosatlilik; 3) sipoh bilan 
raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga 
yaxshi muomalada bo‘lish; 4) sabru bardoshlilik, muloyimlik. 
«Tuzuklar»da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur o‘z 
davlatini – bir uchi Chin va ikkinchi uchi Shom hududida bo‘lgan ulkan 
mamlakatni bor-yo‘g‘i yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular 
quyidagilar (1-jadval): 
1-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling