Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
dovyuraklik – bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik
mavjud bo‘ladi. U omadsizlikdan qo‘rqmaydi. Qo‘rquv uni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi; sabrlilik – bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqat, sabot- matonat, qiyinchiliklarni yengish orqali erishish mumkinligini biladi; yaxshi niyatlilik – bunday rahbar xayrixoh va iltifotli, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo‘ladi. O‘zidagi qanoatsizlikni g‘irrom raqobatchilik yo‘li bilan emas, balki xayrixohlik bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotdagi shiori: «Birni ko‘rib shukr, birni ko‘rib fikr qil»; kamtarinlik – bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste’dodga to‘g‘ri mutanosib ekanligi, kamtarlikning yetishmasligi esa nodonlik ekanligini yaxshi tushunadi; samimiy xushmuomalalik – bunday rahbar sofdil, ochiq ko‘ngil bo‘ladi, chin yurakdan gapiradi. U samimiylik aql va yuksak ma’naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o‘zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo‘lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o‘ziga ham samimiy bo‘la olmasligini yaxshi tushunadi; rahmdillik – bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo‘ladi. U 282 boshqalarni ko‘p narsada kechiradi, ammo o‘zini hech narsada kechirmaydi. U rahm-shafqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, doimo odamlarga yordam qo‘lini cho‘zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadi; xushxulqlik – bunday rahbar inson go‘zalligining asosi uning go‘zal xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug‘lashini, yoqimli xulq egasidan barcha xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o‘zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi; qanoatlilik – bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik oqibatlarini yaxshi anglaydi. Nafs odamni har kuyga solishini, uni tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o‘lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunadi; obro‘ – bu hamma tomonidan tan olingan, mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har qaysi rahbar o‘zidan yuqori turuvchi rahbarlar, o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar, o‘zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida obro‘ga ega bo‘lishi lozim. Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan, u o‘z rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yo‘l qo‘yishi, pirovardida esa o‘z obro‘yini ketkazishi va el nazaridan qolishi mumkin. 1 va 2-jadvallardagi talablar bevosita ichki ishlar idoralari xodimlariga ham taalluqlidir. Ichki ishlar idoralari sohaviy xizmatlari ushbu talablarga amalda rioya etsalar, o‘z nomlariga putur yetkaz- maydilar. Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi asosiy xulosalarni bayon etamiz: 1) boshqaruv ta’limoti buyuk davlat arbobi, sarkarda bobomiz Amir Temur tomonidan XIV–XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o‘zida aks ettirgan qimmatli asar – «Temur tuzuklari»da atroflicha bayon etilgan. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo‘l-yo‘riqlari, qonun- qoidalari, pand-nasihatlari bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Amir Temur kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko‘ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo‘lgan ta’limotni yaratdi; 2) davlat va jamiyat arbobi, she’riyat sultoni Alisher Navoiy davlat ishlarini boshqargan, muzokaralar olib borgan, yurt tinchligi va obodligi 283 uchun kurashgan. «Vaqfiya», «Ixlosiya», «Saddi Iskandariy», «Tarixi muliki Ajam» kabi asarlarida adolatli boshqarishning sir-sinoatlari haqidagi ta’limotni yaratgan; 3) Zahiriddin Muhammad Bobur mashhur «Boburnoma» asarida boshqarishga oid prinsiplar, xususan odillik va tadbirkorlik, jasurlik va mohirlik, iste’dod va ma’rifat masalalarini yoritdi. Boburiylar (Jahongirshoh) tomonidan davlatni idora etishning 12 moddadan iborat dasturi yaratildi; 4) Boburiylar tomonidan ma’muriy boshqaruv sohasini isloh etish, xazina masalalari borasida korrupsiya (viloyat va tuman hokimlari) deb ataladigan hukumat amaldorligi mansabi joriy etildi va hokazo. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling