Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Marketingning mohiyati va vazifalari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Marketingning mohiyati va vazifalari
Marketing va menejment hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlarning 
muhim sohalari bo‘lib, o‘zaro bevosita bog‘langan va biri ikkinchisini 
to‘ldiruvchi elementlaridir. Bunday bog‘lanishning asosini ularning 
mohiyati va vazifalari tashkil qiladi, uning zaminida esa bozor holatini 
o‘rganish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, aniq bir xulosaga kelib
so‘ng ishlab chiqarishni zaruriy yo‘nalishda, hajmda tashkil qilish 
borasida boshqaruv qarorlarni qabul qilish kabi ahamiyatli faoliyat yotadi. 
Mavzu iqtisodiyot nazariyasi fanining boshqa mavzular bilan asosiy 
mantiqiy bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ushbu 
sohalarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirish va ulardan amaliyotda unumli 
foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish aniqdir.
Marketing – bozor holatini asosli o‘rganish va oldindan baholash 
bilan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu 
yo‘sinda yaxshi foyda topishni uyushtirish kabi munosabatlarni bildiradi.
Marketing inglizcha «market» so‘zidan olingan bo‘lib, bozor yoki 
bozorni asosida degan ma’noni bildiradi. Merketing nazariyasi XX 
asrning boshida AQShda vujudga kelgan. O‘sha davrda takror ishlab 
chiqarish ziddiyatlarining kuchayishi natijasida mahsulotlar sotish 
muammosi keskinlashgan davridir. Uning asoschilari, muomaladagi 
kamchiliklarni iqtisodiy rivojlanishning asosiy to‘sig‘i deb bilib, 
marketingni takomillashtirishning har xil usullarini taklif etadilar.
Marketingni hozirgi davrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini uch 
davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Avval marketing 
amaliyotda faqat tovarga yo‘naltirilgan tamoyil sifatida ko‘rindi. Birinchi 
davrda tovar sifatli va xaridorni qoniqtiradigan bahoda ishlab chiqarilsa, 


 284
iste’molchilar unga yaxshi munosabatda bo‘ladilar, degan mulohazalar 
hukm surgan. Keyinchalik faqat tovarning o‘zi bilan cheklanish yetarli 
emasligi ko‘rinib qoldi. Shu sababli ikkinchi davr 20–30-yillarda 
marketingda tovarlar sotish tamoyili olg‘a surildi. Xaridorlar ishlab 
chiqarilgan tovarlarni sotib olishlari uchun ma’lum darajada ularning 
savdosini uyushtirish zarur ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar shakllandi. 
Uchinchi davr 50–60-yillarda marketing to‘la bozor konsepsiyasi bo‘lib 
(bozorda esa iste’molchi), asosiy o‘rinni egalladi.
Marketing – firma yoki tadbirkorning uzoq muddatli, yuqori darajali 
foyda olish niyatida faqat iste’molchiga qaratilgan maqsadli ishlab 
chiqarish va sotish faoliyati ham hisoblanadi. Marketing faoliyatining 
asosiy obyektlari: bozor, iste’molchi, tovar, xizmat, baho, tovar harakati, 
reklama, sotish va uni rag‘batlantirish hisoblanadi.
XX asrning o‘rtalarida marketing nazariyasi menejment (boshqarish) 
nazariyasi bilan qo‘shilib, boshqarish va marketing qoidalari to‘g‘risidagi 
fan sifatida boshqarishning bozor nazariyasi degan nomni oldi. 
Marketing, ya’ni «boshqarishning bozor nazariyasi» bozorning 
mohiyati, uni o‘rganish va ishlab chiqarishning unga moslashishini 
ta’minlashdan iborat. Marketing tovar ishlab chiqarishda xaridorning aniq 
ehtiyojlarini va korxona imkoniyatlarini hisobga olishi, tovarlarni 
belgilangan vaqt va miqdorda sotishni tashkil etishi, xaridorlarning talab 
va ehtiyojlarini to‘la qondirishi, bo‘lg‘usi talablarni hisobga olish va unga 
mos yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi va pirovard natijada 
korxonaning samarali ishlashini ta’minlashi kerak. 
Demak, marketing quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– ishlab chiqarilayotgan tovarlar assortimentini asoslash; 
– iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish va tahlil qilish
– bozorlarni tanlash; 
– narxni tashkil etish va sotishni rejalashtirish; 
– reklama; 
– firmaning tovar va xizmat uchun ijtimoiy javobgarligini ta’minlash; 
– savdo-iqtisodiy faoliyatni boshqarish; 
– talabdagi o‘zgaruvchanlikni barqarorlashtirish. 
Marketingning turli faoliyat sohalari, o‘z strategiyasi, prinsiplari va 
qoidalari mavjuddir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajada 
ko‘tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy uy-ro‘zg‘or 
xo‘jaligidan boshlab, to kosmosdan samarali foydalanishgacha bo‘lgan 
jarayonlarda va boshqa sohalarda yaqqol ko‘rinmoqda. Shuning uchun 
marketingning ikki mingdan ortiq faoliyatga mos keladigan ta’rifi (xillari) 


 285
yaratilgan. Shunga ko‘ra, marketing sotilayotgan tovarlarning iste’mol 
qiymatiga ko‘ra: iste’mol tovarlari bozori; xizmatlar bozori; ishlab 
chiqarish vositalari bozori; sarmoyalar bozori kabilarda namoyon bo‘ladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling