Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Vazirlar va ularning vazifalari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbarga qo‘yiladigan talablar
Vazirlar va ularning vazifalari
ʋ Vazirlar Vazirlarning vazifalari 1. Mamlakat va raiyat vaziri Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan. 2. Sipoh vaziri Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko‘rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan. 3. Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri Turli sabablarga ko‘ra egasiz qolib ketgan yer- suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig‘imiga mutasaddilik qilgan. 4. Sarkori xossa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan. 5. Qozi kalon Adliya muassasalarini boshqargan. 6. Jalol ul-islom Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo‘lgan nazoratchisi. 7. Vaziri devoni insho Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig‘i. Rahbarga qo‘yiladigan talablar. Rahbar madaniyati. Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. «Rahbarlik qilish» degan iboraga izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan turli ta’riflarlar berilgan. Bundan ko‘rinib 280 turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo‘lgan talablar juda ko‘pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo‘lish mumkin (2-jadval): 2-jadval Rahbarga qo‘yiladigan talablar ʋ Talablar Izoh 1. Ma’naviy yetuklik siyosiy, huquqiy va axloqiy yetuklik; yuqori saviya va ong; ma’rifatlilik; madaniyatlilik; xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishga qodirlik; kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lish; tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati; prinsipiallik; tanqidga chidamli bo‘lish, o‘z-o‘zini tanqid qila bilish. 2. Intizom va mehnatga bo‘lgan munosabat mehnatsevarlik; jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish; atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish; bir noshud rahbarning beg‘amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Bu toifa boqibeg‘am rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo‘lmaydi. 3. Bilim darajasi iqtisodiyot, texnika va texnologiyani, boshqarish ilmini, funksiya va tuzilmasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi va h.k. Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo‘lishi, uni doimo to‘ldirib va yangilab borishi kerak. Aks holda u obro‘ qozonmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo‘la olmaydi. 4. Tashkilotchilik qobiliyati xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olish; qo‘l ostidagilarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo‘qotmaslik. «Yomon korxona yoki tashkilot yo‘q, lekin yomon rahbarlar bor». Bu ibora shuni anglatadiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilot- chilik qobiliyati yuksak, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar tayinlansa, u korxonani tezda namunalilar safiga qo‘shadi. 281 Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi. 5. Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish, turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; rahbarlarni va qo‘l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati; boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish; boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va h.k. Rahbarning sifat, xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling