Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Menejment faoliyatining iqtisodiy mazmuni, vazifalari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
1. Menejment faoliyatining iqtisodiy mazmuni, vazifalari
271 «Boshqaruv» atamasi italyancha «managgiare» so‘zidan olingan. Dunyoning juda ko‘plab mamlakatlarida esa iqtisodiy sohadagi boshqaruv «management», siyosiy sohadagi boshqaruv «governance» («government»), texnika sohasidagi boshqaruv esa «control» («control- ling») atamalari bilan ifodalanadi. Boshqaruvning mohiyati haqida aniq va bir xilda tushuniladigan fikrlar mavjudligi bo‘yicha tasavvurlar vujudga kelishi mumkin. Afsuski, real hayotda bunday emas. Hozirgi kunda boshqaruvni aniq ilmiy kategoriya sifatidagi, umume’tirof qilingan ta’rifi ishlab chiqilmagan. Umuman olganda, «boshqaruv» tushunchasi turli ma’nolarni ifodalaydi. Juda ko‘p hollarda «boshqaruv» tushunchasi boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan subyektlar – muassasa (tashkilot)larni ifodalashda qo‘llaniladi. Menejmentga iqtisodiy va yuridik adabiyotlarda quyidagicha ta’rif berilgan: Menejment (ingl. management – boshqaruv, tashkilotchi) – firma faoliyatining bozor sharoitiga moslashib turishida katta ahamiyatga ega faoliyat. Keng ma’noda menejment maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi. Menejment firmaning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo‘lib, firma jamoasining guruhiy manfaatiga xizmat qiladi. Menejmentning obyekti korxona faoliyati, uning subyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejer (ingl. manager – boshqaruvchi) – korxona va tashkilot hamda uning quyi qatlamining boshqaruvchisi. Shuningdek, menejerlar maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini, qonun- qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassislar, yollanma boshqaruvchilar bo‘lib hisoblanadilar. Menejment xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqarish, rahbarlik qilish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish san’ati, usullari, shakllari va vositalari majmuidir. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Menejment ishlab chiqarishni tashkil etishning eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Chunki u ishlab chiqarish omillarini holat sifatiga bevosita ta’sir etadi. Menejment hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlarining alohida sohasidir. Menejment fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Chunki shu davrda texnika va texnologiya rivojlanib, ishlab chiqarish miqyoslarining o‘sishi kuchaydi. Bu esa uni boshqarishni 272 murakkablashtirib yubordi va u boshqarishga tegishli bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylandi. Menejment ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy faoliyatini tashkil etish bilan ularning ijtimoiy-sotsial va iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. U ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etgan holda pirovard natijada mavjud ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qaratilgandir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida sotuvchilar o‘z tovarini imkon boricha ko‘proq foyda beradigan qilib sotishga, xaridorlar esa bu tovarlarni imkon boricha arzonroq xarid qilishga intiladi. Ularning manfaatlari bozordagi baholar mexanizmi orqali muvozanatlashadi. Shu munosabat bilan bozor iqtisodiyotining qanday tamoyillari tadbirkorlarga xos bo‘lib hisoblanadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Menejmentning asoschisi amerikalik muhandis va tadqiqotchi F.Teylordir. U boshqaruvchi nima qilishni va eng yaxshi, arzon usulda uni amalga oshirishni aniq bilishi san’ati, deb ta’kidlaydi. Shu ta’rifga asosan boshqaruv sikllari quyidagi to‘rt vazifani ado etadi: – rejalashtirish; – tashkil etish; – motivatsiya; – nazorat. Bu vazifalar moddiy boylik yaratish, mablag‘ bilan ta’minlash, marketing va boshqalarga doir boshqaruv faoliyatining hamma turlarini o‘z ichiga oladi. Vazifalarni birma-bir tavsiflab chiqish maqsadga muvofiqdir: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling